• 1364-yil oxiri
  • 1365-yil 22-may
  • Amir Temur
  • O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet106/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    Sohibqiron Amir Temur
    * Dorug‘a – mo‘g‘ulchadan “nazoratchi”, “shahar 
    boshlig‘i” degan ma’noni beradi. Mo‘g‘ullar 
    davlatida mahalliy hokimlar huzuridagi ulug‘ qoon 
    vakili, noibi. Dorug‘a zimmasiga quyidagi vazifalar 
    yuklatilgan: aholini ro‘yxatga olish; mahalliy 
    xalqdan qo‘shin to‘plash;pochta aloqalarini yo‘lga 
    qo‘yish; soliqlar yig‘ish; to‘plangan soliq-to‘lovlarni 
    ulug‘ qoon saroyiga yetkazish


    112
    xo‘ja bilan Amir Temurning murosasi to‘g‘ri kelmaydi. Shu 
    sababli u Movarounnahrning nufuzli amirlaridan biri, Balx 
    hokimi Amir Husayn bilan ittifoq tuzib, mo‘g‘ullarga qarshi 
    kurash olib boradi. 1363-yilda Amudaryoning chap sohilida
    Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g‘alaba 
    qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxo‘ja 
    boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. 
    Nihoyat 1364-yil oxirida ular mo‘g‘ullarni Movarounnahrdan 
    quvib chiqaradilar.
    Biroq Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan 
    Ilyos xo‘ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga 
    qo‘shin tortadi. Ikki o‘rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni 
    Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida 
    sodir bo‘ladi. Tarixda u “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. 
    Chunki o‘sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka 
    aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan.
    Jangda Amir Temur qo‘shini g‘olibona harakat qilib, dush-
    man qo‘shinining o‘ng qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan 
    bir paytda Husayn o‘z askarlarini raqibning so‘l qanotiga 
    tashlamay, jang maydonini tark etadi. Amir Temur chekinishga 
    majbur bo‘ladi.
    Bu g‘alabadan so‘ng Ilyosxo‘ja hech qanday qarshilikka 
    uchramay, Xo‘jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand 
    ustiga yuradi. Samarqandda qurolli qo‘shin bo‘lmasa-da, xalq 
    shahar mudofaasini o‘z qo‘liga oladi. Uzoq davom etgan 
    mo‘g‘ul lar hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan bu xalq harakati 
    tarixda Sarbadorlar harakati nomi bilan shuhrat topadi.

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish