• 31-§. XIV ASRNING O‘RTALARIDA MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIy-SIyOSIy VAZIyAT Tayanch tushunchalar: siyosiy tarqoqlik, siyosiy kurash
  • Amir Temurning yoshlik davri. Amir Temur
  •  IX–XII asrlardagi me’morchilik namunalari haqida so‘zlab bering. Ular haqida qo‘shimcha adabiyotlardan ma’lumotlar to‘plang. 2




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/154
    Sana27.12.2023
    Hajmi1,04 Mb.
    #128649
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   154
    Bog'liq
    7-sinf Ozbekiston tarixi (@tarix)

    1. IX–XII asrlardagi me’morchilik namunalari haqida so‘zlab bering.
    Ular haqida qo‘shimcha adabiyotlardan ma’lumotlar to‘plang.
    2. Naqqoshlik, o‘ymakorlik va xattotlik san’ati qay tariqa rivoj 
    topdi?
    3. “Shashmaqom” nima?


    109
    V BOB 
    AMIR TEMUR VA TEMURIyLAR DAVRI TARIXI
    31-§. XIV ASRNING O‘RTALARIDA 
    MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIy-SIyOSIy VAZIyAT
    Tayanch tushunchalar: siyosiy tarqoqlik, siyosiy kurash 
    maydoni, mamlakat mustaqilligi uchun kurash, Sarbadorlar.
    Siyosiy tarqoqlik.
     
    XIV asrning 50–60-yillarida Mova-
    rounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan. U 
    yer dagi hokimlar o‘zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar. 
    Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib, 
    ular o‘rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga 
    aylanadi. Siyosiy tarqoqlik, o‘zaro urush va janjallar iqtisodiy 
    tanglikka sabab bo‘lib, mamlakat aholisini, ayniqsa, dehqonlar 
    xo‘jaligini xonavayron qilgan edi. 
    Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil 
    topgan Mo‘g‘uliston xonlari bir necha bor Movarounnahr 
    ustiga yurish qilib, uni talaydilar. Mo‘g‘uliston xonlarining 
    vayronagarchilikka olib keluvchi yurishlari, istibdodi va 
    zulmiga qarshi xalq hara katlari boshlanadi.
    Mana shunday o‘zaro ichki urushlar qizigan, mo‘g‘ullar 
    zul 
    miga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir 
    davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi.
    Amir Temurning yoshlik davri.
     
    Amir Temur Kesh 
    viloyatidgi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (Yakkabog‘ tumani)da 
    1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to‘liq ismi 
    Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul. Amir 
    Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining obro‘li beka 
    (bek og‘o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag‘ay 
    barlos urug‘ining oqsoqollaridan bo‘lib, ajdodlari Kesh va 
    Nasaf viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda 
    hokimlik qilgan.

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   154




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     IX–XII asrlardagi me’morchilik namunalari haqida so‘zlab bering. Ular haqida qo‘shimcha adabiyotlardan ma’lumotlar to‘plang. 2

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish