O’zbekiston tarixi




Download 470,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana23.01.2024
Hajmi470,96 Kb.
#144236
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
USLUBIY

VI. YAKUNIY QOIDALAR: 
35. O
’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
hamda O
’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test 
markazi test baholari va reyting ballarining xolisligini tekshirishni tashkil 
etadi va nazorat qiladi. 
36. Ushbu Nizomda belgilangan masalalar bo
’yicha kelib chiqqan 
nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi. 
37. Ushbu Nizom O
’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta
’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash 
vazirligi, Qishloq va suv xo
’jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari 
vazirligi, O
’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O’zbekiston 
temir yo
’llari” DAK, Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Badiiy 
akademiyasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan. 


26 
 
“TALABALAR MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH VA 
NAZORAT QILISH
” BO’YICHA 
YO
’RIQNOMA 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar 
bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo
’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata 
oladigan, o
’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan
masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to
’g’ri aniqlab, 
taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash 
asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. 
Ma
’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib 
borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma
’lumotlarni faqat dars mashgulotlari 
paytida talabalarga yetkazish qiyin. 
Tajribalar shuni ko
’rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va 
o
’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. 
Talabalarning asosiy bilim, ko
’nikma va malakalari mustaqil ta’lim 
jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko
’rsatish qobiliyati rivojlanadi 
va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo
’ladi. 
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta
’lim olishlarini rejalashtirish
tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars 
mashg
’ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq 
o
’qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish 
uchun yo
’llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri 
hisoblanadi. 

Download 470,96 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Download 470,96 Kb.
Pdf ko'rish