27
bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to
’g’ri tashkil qilishga
o
’rgatib borishi lozim bo’ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda
o
’zlashtiriladigan bilim va ko’nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib,
kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini
oshirib borish zarur.
Shunda mustaqil ta
’limga ko’nika boshlagan talaba
faqat o
’qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay,
o
’zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o’zi zarur deb hisoblagan
qo
’shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o’zlashtirishga o’rganib
boradi.
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi
jihatlar e
’tiborga olinishi lozim :
-o
’qish bosqichi;
- muayyan fanning o
’ziga xos xususiyati va o’zlashtirishdagi qiyinchilik
darajasi;
-talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi
(tayanch bilimi);
-fanning axborot manbalari bilan ta
’minlanganlik darajasi;
-talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning
shakli va xajmi,
qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga ko
’nikmalar hosil bo’lishiga
muvofiq ravishda o
’zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning
topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni
topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o
’rgatib borish kerak
bo
’ladi.
TMIni tashkil etishda
talabaning akademik o
’zlashtirish darajasi va
qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil
o
’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash;
amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib
kelish;
ma’lum mavzu bo’yicha referat
tayyorlash;
kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar
to
’plash;
hisob-kitob va
grafik ishlarini bajarish;
maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash;
amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali
savollar va topshiriqlar tayyorlash;
ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash;
amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;
28
uy vazifalarini bajarish va boshqalar;
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun
boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi
turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi.
Topshiriqlar puxta o
’ylab ishlab chiqilgan va ma’lum
maqsadga
yo
’naltirilgan bo’lib, talabalarning auditoriya mashg’ulotlarida olgan
bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to
’ldirishga
xizmat qilishi kerak.