|
MAVZU BO
’YICHA TESTLAR, MUNOZARALI SAVOLLAR VA Pdf ko'rish
|
bet | 21/28 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 470,96 Kb. | | #144236 |
Bog'liq USLUBIYMAVZU BO
’YICHA TESTLAR, MUNOZARALI SAVOLLAR VA
TOPSHIRIQLAR TAYYORLASH. Talabaga muayyan mavzu bo
’yicha
testlar, qiyinchilik darajasi har
xil bo
’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan
savollar tuzish topshiriladi.
Bunda o
’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni
tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko
’zda tutilayotganligi, muammoli
savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish
lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo
’yicha yo’l-yo’riq beriladi.
Konsultatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo
’yilgan vazifa va talablarga
javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki
to
’ldirish taklif etilishi mumkin).
Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada eskpertlar ishtirokida
himoya qilinadi.
ILMIY
MAQOLA,
TEZISLAR
VA
MA
’RUZALAR
TAYYORLASH. Talabaga biron bir mavzu bo
’yicha (mavzuni talabaning
o
’zi tanlashi ham mumkin) ilmiy (referativ) harakterda maqola, tezis yoki
ma
’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari,
ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda
boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to
’playdi, taxlil
qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi,
ilmiy natijalariga asoslangan holda qo
’shimchalar, izohlar kiritadi, o’z
nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o
’qituvchi bilan
hamkorlikda ishlaydi.
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma
’ruza kafedrada himoya qilinadi.
AMALIY MAZMUNDAGI NOSTANDART MASALALARNI
YECHISH VA IJODIY ISHLASH. Bir mavzu yoki bo
’lim bo’yicha
nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega
bo
’lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy
vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi
mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini
izlashga va topishga qaratilgan bo
’lishi kerak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy harakterdagi
topshiriqlar berish, o
’qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash
va chop ettirish mumkin.
|
| |