• Savol va topshiriqlar 1. Xiva xonligining bosib olinishidagi dastlabki harakatlar haqida gapiring. 2.
  • Xiva xonligidagi bozor http://eduportal.uz 39 12-§. QO‘QON XONlIGINING BOSIB OlINIShI
  • O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/142
    Sana16.02.2024
    Hajmi6,21 Mb.
    #157847
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   142
    Bog'liq
    ozbekiston tarixi 9 uzb (1)

    Atamalar izohi
    Kontributsiya
    – mag‘lub davlatning g‘olib davlat foydasiga pul to‘lovi.
    Pristan
    (ruscha – kelib to‘xtamoq) – daryolar sohilida qayiqlar, kemalar 
    to‘xtaydigan, maxsus jihozlangan joy – bandargoh.
    Savol va topshiriqlar
    1.
    Xiva xonligining bosib olinishidagi dastlabki harakatlar haqida gapiring.
    2. 
    Xivaga qarshi K. P. Kaufman nima uchun uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdi?
    3. 
    Xivaga qarshi yurish qanday tashkil qilindi?
    4. 
    Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligi ahvoliga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
    ?
    ?
    Xiva xonligidagi bozor
    http://eduportal.uz


    39
    12-§. QO‘QON XONlIGINING BOSIB OlINIShI
    Rossiya imperiyasi XIX asrning 50–60-yillarida har-
    biy istilochilik yo‘li bilan Qo‘qon xonligi hududi-
    ning bir qismini bosib oldi. K. P. Kaufman xonlikda 
    o‘z ta’sirini kuchaytirish maqsadida 1868-yilda xon 
    bilan shartnoma tuzdi. Unga ko‘ra xon likda Rossiy a 
    savdogarlariga katta imkoniyatlar berildi. Bu davrda xonlik yerlari an-
    cha qisqarib, xazinaga tushadigan daromadlar kamaydi. Urush natijasida 
    ko‘rilgan zararlar xalq ommasi zimmasiga tushdi, soliq va majburiyatlar 
    ko‘paydi. Buning oqibatida xonlikda ichki nizolar, xalq noroziligi kuchaydi.
    XIX asrning 70-yillarida Qo‘qon xonligida ko‘plab qo‘zg‘olonlar 
    bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri 1875-yil bahorida avj olib, unga Mulla Is’hoq 
    Mullo Hasan o‘g‘li «Po‘latxon» nomi bilan rahbarlik qildi. Qo‘qon 
    hukmdori Xudoyorxon qo‘zg‘olonni bostirish uchun Abdurahmon Ofto-
    bachi, Iso Avliyolar boshchiligida qo‘shin yubordi. Lekin ular 17-iyulda 
    qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketdi. Xudoyorxonning o‘g‘li Nasriddin-
    bek ham qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilgandan so‘ng, 20-iyulda Xudoyorxon 
    K. P. Kaufmandan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Uning ukasi va ik-
    kinchi o‘g‘li ham qo‘zg‘olonchilar 
    tomoniga o‘tib ketgach, xon general-
    gubernatordan panoh izlab Toshkentga 
    ketdi. K. P. Kaufman uni Orenburgga 
    jo‘natdi. Xudo yorxon Orenburgdan 
    Hindiston orqali Makkaga boradi va 
    u yerdan qaytib kelayotganda kasal-
    ga chalinib, 1882-yilda Afg‘onistonda 
    vafot etdi.
    Xudoyorxondan so‘ng taxtga Nasriddinbek o‘tirdi. 
    Taxtni egallashga harakat qilgan Po‘latxon Nasrid-
    dinbek va Abdurahmon Oftobachiga qarshi bo‘lib 
    qoldi. Qo‘qon xonligida siyosiy vaziyat keskinla shib, 
    qo‘zg‘olon butun vodiyni qamrab oldi. Mustamla-
    kachi hukumat qo‘z g‘olonchilarga qarshi katta har-
    biy kuchlarini yuborgan. Janglar keskin davom eta-
    yotgan vaqtda Nasriddinbek mag‘lubiyatdan qo‘rqib, 
    1875-yil 22-sentabrda taslim bo‘ldi va fon Kaufman 
    bilan shartnoma imzoladi. Unda o‘zini imperator ning 

    Download 6,21 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   142




    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)

    Download 6,21 Mb.
    Pdf ko'rish