41
Gene ral M. Sko belev boshchiligidagi qo‘shin fevral oyiga kelibgina har-
biy qurol ustunligi bilan g‘alabaga erishdi. Po‘latxon va uning tarafdor-
lari qatl qilindi.
1876-yil 19-fevralda podsho hukumatining Qo‘qon xonligining tu-
gatilganligi to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Shu tariqa Qo‘qon xon-
ligi hududi o‘rnida Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi
Farg‘ona viloyati tashkil qilindi. Viloyatga Qo‘qon xonligini bosib olish-
dagi harbiy yurishlarga rahbarlik qilgan general M. Skobelev harbiy gu-
bernator etib tayinlandi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo-
da olib borgan istilochilik yurishlari natijasida Qo‘qon xonligi Buxoro
va Xiva davlatlaridan farqli ravishda davlat sifatida butunlay tugatildi.
Uning o‘rnida mahalliy aholining asrlar davomida shakllangan an’anaviy
turmush tarziga mos ma’muriy boshqaruv tizimi va hududiy birliklari
tugatilib, imperiya manfaatlariga mos keladigan, ayni paytda mahalliy
aholini boshqarishi uchun mustamlaka ma’muriyatga qulay bo‘lgan yan-
gi boshqaruv tizimi qaror topdi.
O‘rta Osiyo XIX asr oxirida
Orsk
(1834)
Ko‘kchatov
(1824)
Oqmola (Astana)
(1830)
Karkaralinsk
(1824)
Sergiopol
(1831)
Aktyubinsk
(1869)
To‘rg‘ay
(1845)
Ulug‘ tog‘
(1846)
Irgiz
(1845)
Embinsk
Kopal
(1847)
Verniy (Almati)
(1854)
E R O N
KASPIY DENGIZI
KOBUl