44
Savol va topshiriqlar
1.
Qo‘qon xonligining bosib olinishiga nimalar sabab bo‘lgan?
2.
Qo‘qon xonligini bosib olish uchun jang ko‘proq qayerlarda bo‘ldi?
3.
Farg‘ona viloyati qachon va qayerda tashkil qilindi?
4.
Mag‘lubiyat sabablarini sanab bering.
5.
Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
?
?
Hudud nomi
Bosib olingan yil
Bosib olgan shaxs
Jang tafsiloti
Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy-hududiy tuzilishi
http://eduportal.uz
45
Boshqaruvning
mustamlakachi-
lik tartiblari
III B O‘ l I m
ROSSIyA ImPERIyASINING TURKISTONDAGI
mUSTAmlAKAchIlIK SIyOSATI
13-§. TURKISTON GENERAl-GUBERNATORlIGINING
SIyOSIy-mA’mURIy BOShQARUV TIZImI
Bosib olingan hududlarda imperiya hukmronligini
o‘r natish, mustahkam o‘rnashib olish, istilo qilin-
gan joy larni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, eng av-
valo, mus tamlakachilar o‘zla riga mos bosh qaruv
tartiblari ni ishlab chiqishi va uni o‘lkada joriy qilishi kerak edi. Mus-
tamlakachilik siyosatining to‘liq amalga oshirilishida
boshqaruv tartib-
lari asosiy tayanch hisoblangan. Boshqaruv tartiblari istilochilik yurish-
lari bilan birga turli ko‘rinishlarda tashkil qilinib, tajriba-sinovlardan
o‘tkazilgan holda o‘zgartirib borilgan.
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosa-
tining davom ettirilishi natijasida mustamlakaga aylantirilgan hududlar
kenga yib borgan. Bosib olingan hududlarni boshqarish
tartiblari va uning
qan day bo‘lishi kerakligi masalasi juda ko‘p hamda uzoq vaqt imperi-
ya hukm ron doiralarida turli soha vakillari ishtirokida muhokama qilin-
gan. Ush bu masalani hal qilishda ehtiyotkorlik bilan uzoqni ko‘zlab ish
ko‘rish, hech nimada ta vakkal qilmaslik tamoyiliga tayangan holda ish
olib borilgan. Turkiston gene ral-gubernatori S. M. Duxovskoy (1898–
1901): «Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi,
etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini
talab qiladi», – degan edi.
Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so‘ng, 1865-yil
6-avgustda Alek sandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi
Muvaqqat Nizom»ni tasdiqlaydi. Boshqaruv harbiy zobitlar qo‘liga
o‘tadi. Ushbu nizomda boshqaruv tizimi «Harbiy-xalq boshqaruvi» nomi
bilan gubernator qo‘lida harbiy va fuqarolik ishlari mujassamlashtirila-
di. Viloyat bo‘limlarga bo‘linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida
harbiy komendant ham hisoblangan. Bo‘lim boshliqlariga mahalliy aholi
ustidan nazorat qiluvchi mustamlakachi hukumat vakillaridan tayinlana-
digan boshqaruvchilar bo‘ysungan.
http://eduportal.uz
46
1908–1910-yillarda Turkiston o‘lkasini podsho topshirig‘i bilan taf-
tish qilgan senator K. Palen ta’kidlaganidek, «o‘lkada
eng kichik aha-
miyatga ega bo‘lgan boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo‘lida» bo‘lgan.
Mahalliy aholi vakillariga boshqaruvning eng quyi bosqichidagi lavo-
zimlar berilgan. Bularga volost boshliqlari (mingboshilar), qishloq oqso-
qollari, ovul boshliqlari, qozi, biy va ularning yordamchilari kirgan.
General-gubernatorlik devoni katta vakolatlarga ega bo‘lgan asosiy ijro-
chi organ hisoblangan. Rossiya imperiyasidagi hech bir gubernada bunday
katta vakolatga ega bo‘lgan boshqaruv organi mavjud bo‘lmagan. Turkiston
o‘lkasi ma’muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga bo‘linib, ularni o‘z qo‘lida
fuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan harbiy gubernatorlar boshqar-
gan. Vilo yatlar uyezdlarga bo‘linib, ular harbiy zobitlar boshqaruvida bo‘lgan.
Uyezdlar uchastkalarga, volostlarga, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Uchast-
kalarni uchastka pristavlari boshqargan. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoning
bosib olingan hududlarida o‘z hukmronligini saqlab qolish, uni mustahkam-
lashni birinchi darajali vazifa hisoblagani uchun dastlab boshqaruv sohasida
katta o‘zgarishlarni amalga oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo‘lgan
mahalliy aholi vakillaridan iborat quyi boshqaruv
organlari va soliq tizimi
saqlab qolingan. Quyi boshqaruvning saqlab qolinishiga asosiy sabab ma-
halliy aholi ning ichki hayotiga dastlabki davrda keskin aralashish va aholi-
ning an’anaviy turmush tarziga katta o‘zgartirishlar kiritish salbiy oqibatlarni
keltirib chiqarishi mumkin edi. Bundan tashqari yangi bosib olingan yer-
larda hali qarshilik va norozilik harakatlari davom etayotganligi, boshqaruv
tizimida faoliyat olib boruvchi odamlar bo‘lmagani, o‘lka sharoitini to‘liq
bilmasliklari dastlabki vaqtda mahalliy aholi vakillarining
quyi boshqaruv-
da ishtirok etishiga yo‘l bergan. Quyi boshqaruv tizimining saqlab qolinishi
o‘lka ma’muriyatiga imperiya manfaatlari uchun xizmat qiladigan, o‘lkadagi
sharoitlarni yaxshi biladigan mahalliy aholi vakillaridan o‘zlariga eng
ishonchli bo‘lgan kishilarni topish muam-
mosini ko‘ndalang qo‘yardi. Uni hal qilish-
da imperiya hukumati Turkiston dagi hukm-
ronlikning dastlabki vaqtidayoq ishlab chi-
qilgan saylov tizimi yordam berdi.
Uyezdlar volostlarga, volostlar o‘t-
roq aho li
yashaydigan hududlarda qish-
loqlarga, chorvador aholi yashaydigan
hu dudlarda esa ovul larga bo‘lindi. Bosh-
qaruv tizimi ning quyi bosqichida
volost