O‘zbekistonda elektron to‘lovlar tizimining rivojlanish yo‘nalishlari otamurodov Shavkat Nusratillayevich




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana23.05.2024
Hajmi1,08 Mb.
#250829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tadqiqot metodologiyasi 
Elektron tijoratlashtirish, elektron savdo hamda elektron to‗lovlar tizimi bo‗yicha yetakchi mahalliy va 
horijiy iqtisodchi olimlarning tadqiqot natijalari, xalqaro va milliy statistika ma‘lumotlarini taqqoslash, 
guruhlash, tahlil va sintez, iqtisodiy tahlil, abstpakt mantiqiy tahlil hamda analitik tahlil kabi usullardan 
foydalanildi. Shuningdek, elektron to‗lov tizimi ilovalarining tahlilida Google Play Store ma‘lumotlaridan 
foydalanildi. Tadqiqot natijalari asosida sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‗yicha ilmiy 
asoslangan takliflar va tavsiyalar.
 
Tahlil va natijalar 
Dunyo bo‗yicha elektron tijorat tizimlari orqali onlayn-savdo bozori tobora rivojlanib bormoqda. Eng 
yirik daromadga ega, onlayn savdo bilan shug‗ullanuvchi yirik kompaniyalarga Amazon, Alibaba.com, 


4
eBAY, Aliexpress kabilarni misol qilishimiz mumkin. Masalan, Amazon.com, Inc kompaniyasining 2022 
yilda umumiy tushumi (pul aylanmasi) 513,98 mlrd. AQSH dollarini, sof foydasi 2,72 mlrd AQSH 
dollarni tashkil etgan, 1,54 mln. ishchi-xodim kompaniyada ish bilan ta‘minlangan[14]. Ya‘ni, 
kompaniyaning yillik pul aylanmasi 100 dan ziyod mamlakatlarning YAIM dan yuqori ko‗rsatkichga ega 
bo‗lgan. Mazkur kompaniyalarning muvaffaqiyati ko‗plab mamlakatlarda raqamli tijoratga biznes 
sub‘ektlarining e‘tiborini kuchaytirdi.
Elektron tijoratning rivojlanishi bilan turli xil elektron to‗lov tizimlari paydo bo‗la boshladi, ularning 
funksiyalari to‗plami muntazam ravishda kengaytirilib, to‗ldiriladi. Bunday tizimlar uzoq vaqtdan beri 
hayotimizga ishonchli va chuqur integratsiyalashgan bo‗lib, Internet makonidagi tranzaksiyalarning uzviy 
qismiga aylangan. 
So‗nggi yillarda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bo‗yicha amalga oshirilgan 
islohotlar elektron to‗lovlar tizimining rivojlanishi bilan birga mazkur xizmatlar bozorida raqobatchilik 
muhitini shakllantirdi.
Mamlakatimizda elektron tijorat axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnomalar bo‗yicha, 
shu jumladan, oferta usulida, birja va auksionlar orqali hamda boshqa elektron savdo maydonlari 
yordamida mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishni o‗z ichiga oluvchi tijorat sektorlaridan tushgan 
daromad 2015 yilda 3876.3 mlrd. so‗mni tashkil etgan bo‗lsa, 2021 yilga kelib 17455.5 mlrd. so‗mni 
tashkil etdi, ya‘ni 2015 yilga nisbatan 4,5 barobarga o‗sganligini ko‗rishimiz mumkin. Elektron tijoratni 
o‗zini alohida tahlili ko‗rsatishicha, 2017 -2021 yillarda daromadi 10.1 mlrd. so‗mdan 3944,5 mlrd. 
so‗mga etgan, ya‘ni 390,5 barobar o‗sgan (1-rasm).

Download 1,08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda elektron to‘lovlar tizimining rivojlanish yo‘nalishlari otamurodov Shavkat Nusratillayevich

Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish