|
- rasm. Hududlar kesimida Internet tarmog’iga ulangan abonentlar soni (2021 y4- rasm. Hududlar kesimida Internet tarmog’iga ulangan abonentlar soni (2021 y
)
Internetning ommalashishi natijasida malakatimizda elektron tijorat va elektron savdo bilan
shug‗ullanuvchi bir qator savdo platformalari, elektron do‗konlar va marketplayslar faoliyat olib
bormoqda. Shu sababli xarid yoki xizmatda foydalanganlik uchun to‗lovlarni amalga oshirish dolzarb
masalaga aylandi. To‗lovni amalga oshirish uchun bank filiali, yoki shahobchalariga borishga hamma
ham vaqt topa olmaydi. Bundan tashqari, bankda to‗lovlarni amalga oshirish turli noqulayliklar
tug‗dirishi mumkin. Elektron pullar, elektron to‗lovlar bu jarayonni ancha osonlashtiradi va u bilan
bog‗liq barcha qiyinchiliklarni minimallashtiradi, onlayn to‗lov imkoniyatini ta‘minlaydi.
Internet orqali to‗lanishi mumkin bo‗lgan mahsulot va xizmatlar soni doimiy ravishda oshib bormoqda.
Ushbu xizmatlar dastlab faqat mobil aloqa xizmatlarini to‗lovini amalga oshirish imkonini bergan bo‗lsa,
hozirgi kunga kelib turli elektron to‗lov ilovalari yoramida ko‗plab xizmatlar bo‗yicha to‗lovlarni amalga
oshirish imkoniyati paydo bo‗ldi, jumladan mazkur ilovalar yordamida mobil aloqa xizmatlaridan
tashqari, pul o‗tkazmalari (P2P), onlayn-do‗konlarda tovarlar (xizmat) sotib olish, kreditlarni to‗lash,
valyuta ayirboshlash, kommunal xizmatlarga to‗lovlarni amalga oshirish, soliqlar va jarimalarni to‗lash
mumkin bo‗ldi. Onlayn xizmatlar doirasi kengayib borib kredit muassasalar, ta‘lim muassasalari, sug‗urta
kompaniyalari va boshqa ko‗plab xizmat ko‗rsatish sohalari ham onlayn to‗lovlarni amalga oshirish
uchun shart-sharoit yaratib bormoqda
Elektron to‗lov tizimlar tranzaksiyalarni Yuqori tezlikda amalga oshiradi va o‗zgarishlarni qayta
hisoblash zaruratini yo‗q qiladi. Bu xizmat sotuvchilar uchun ko‗proq mijozlar jalb etish, xaridorlar uchun
esa, eng maqbul mahsulot (xizmat) sotib olish uchun imkoniyat yaratib beradi.
|
| |