Volume: 03 Issue: 4 | April- 2023




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana23.05.2024
Hajmi1,08 Mb.
#250829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Volume: 03 Issue: 4 | April- 2023 
ISSN: 2181-2616
 


2
daromad 5,2 trillion AQSH dollaridan oshganligini ko‗rishimiz mumkin. 2025-yilga borib esa bu 
ko‗rsatkich 7 trl. AQSH dollaridan oshishi kutilmoqda[1]. 
2022-yilda Osiyo onlayn savdodan 2 trln. AQSH dollari, Amerika Qo‗shma shtatlari esa 1,1 trln. AQSH 
dollari atrofida daromad olgan. 
Eng ko‗p tijoratlashtirish saytlariga ega bo‗lgan davlat Amerika Qo‗shma shtatlari bo‗lib hisoblanmoqda. 
2021 yilda mamlakatda 9,5 mln. ortiq saytlar o‗z faoliyatini olib borib, ushbu sohadan 843 mlrd. AQSH 
dollari miqdorda daromad olgan [1].
Davlat raqamli iqtisodiyotning asosiy drayveri hisoblanadi. 2020 yilning ―Ilm-ma‘rifat va raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish yili‖ deb e‘lon qilinishi mamlakatimizda raqamlashtirish jarayoniga bo‗lgan 
e‘tiborning nechog‗lik Yuqori ekanligini ko‗rsatadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev 2020 yil 24 yanvarida Oliy majlisga yo‗llagan 
Murojaatnomasida ―Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini 
egallashimiz zarur va shart. Bu bizga Yuksalishning eng qisqa yo‗lidan borish imkoniyatini beradi‖ degan 
fikrlarni ilgari surib, ―Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qo‗llash, yangi bank mahsulotlarini 
joriy etish va dasturiy ta‘minotlar bo‗yicha zamon talablaridan 10-15 yil orqada qolmoqda. Raqamli 
iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‗p mablag‗ va mehnat resurslarini talab etishini juda 
yaxshi bilamiz. Shu sababli, raqamli iqtisodiyotga faol o‗tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor 
vazifalarimizdan biri bo‗ladi‖ deb ta‘kidlagandi. [2]. 
Raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‗yicha mamlakatimizda «Raqamli O‗zbekiston — 
2030» strategiyasini tasdiqlangan [3]. 
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 noyabridagi ―Elektron tijorat 
ma‘murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‗g‗risida‖ 
gi PQ-14-sonli qarori [4] hamda 2020 yil 3-fevraldagi O‗zbekiston Respublikasining 578-sonli ―To‗lovlar 
va to‗lov tizimlari to‗g‗risida‖gi Qonuni ham bu sohaning rivojlanishi uchun xizmat qildi [5]. 
―To‗lovlar va to‗lov tizimlari to‗g‗risida‖gi Qonunning 34-moddasida Elektron to‗lov vositalari haqida 
alohida to‗xtalib, axborotni o‗z ichiga olgan va to‗lovchiga to‗lovni amalga oshirish hamda to‗lovchi 
bilan elektron to‗lov vositalarining emitenti o‗rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa 
operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan bank kartasi yoki boshqa elektron jism elektron to‗lov 
vositasi ekanligi ta‘kidlab o‗tilgan. 
O‗zbekiston Prezidentining 2020-yil 28-aprelidagi ―Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy 
etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 4699-sonli qarorida 2023-yilgacha mamlakat yalpi ichki 
mahsulotidagi raqamli iqtisodiyotning ulushini 2 barobarga, xizmatlar hajmini 3 barobarga oshirish 
vazifalari belgilangan [6]. 
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishida elektron to‗lovlar tizimi muhim o‗rin tutadi. Mazkur tizim 
xizmatlaridan mamlakatning barcha hududlarida foydalanish imkonini berishi bilan birga, uning barqaror 
ishlashi hamda to‗lovlarning qulayligi va xavfsizligini ta‘minlashi kerak. Shu sababli mamlakatimizda 
elektron to‗lovlar tizimining rivojlanish yo‗nalishlarini o‗rganish, mavjud muammolarning aniqlash va 
ularni bartaraf etish bo‗yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri 
bo‗lib hisoblanadi. 


3

Download 1,08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish