6
Internet tarmog‗ig‗a ulangan abonetlar soni bo‗yicha eng kam ko‗rsatkichlar
Sirdaryo, Navoiy, Jizzah
viloyatlariga to‗g‗ri keladi. Bu bir tomondan ushbu viloyatlarda aholi
sonini kamligi bilan izohlansa,
ikkinchi tomondan mamlakatimiz ayrim hududlarida internet qamrovi darajasining pastligi bilan izohlash
mumkin. Masalan, Toshkent shahrida har 100 kishiga internetga ulanganlar soni 151,5
nafarni tashkil
etsa, Sirdaryoda – 68,5, Navoiy – 74,4, Jizzahda – 55,6 nafarni tashkil etadi. Ushbu ko‗rsatkichning eng
kam darajalari Surxondaryo (48,8), Qashqadaryo (50,3) va Toshkent viloyatlarida (50.9) qayd etilgan.
[16]
Mamlakatimizning barcha hududlarida global internet tarmog‗iga ulanish,
barcha hududlardagi korxona
va tashkilotlarni imkon qadar to‗liq va yuqori tezlikli internet bilan ta‘minlash, uning sifatini yaxshilash
hamda mahalliy uyali aloqa operatorlari aloqa xizmatlarini samarali yo‗lga qo‗yish borasida ham bir qator
ishlar amalga oshirilmoqda [17].