1
O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TO‘LOVLAR TIZIMINING RIVOJLANISH
YO‘NALISHLARI
Otamurodov Shavkat Nusratillayevich
Iqtisod fanlari doktori, (DSc) Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Iqtisodiyot va aniq fanlar
kafedrasi dotsenti
Eshqulova Nasiba Normoʼminovna
Termiz davlat universiteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Maqola O‘zbekiston Respublikasida elektron to‘lovlar tizimi va bu sohada
zamonaviy raqamli texnologiyalarning o‘rnini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Shuningdek, mamlakatda
elektron to‘lovlar tizimi rivojlanishining hozirgi holati, mavjud muammolari tadqiq etilib ularni
bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar:
Raqamli iqtisodiyot, elektron to‘lov, to‘lov tizimi, moliyaviy ilovalar.
Kirish
Rivojlanish tarixi qisqa davrni o‗z ichiga olganligiga qaramasdan, butun dunyoda raqamli iqtisodiyot va
raqamli texnologiyalar barcha sohalar kabi, inson hayotiga ham juda tez va jadallik bilan kirib bormoqda.
Raqamlashtirish jarayoni aholining barcha qatlami uchun sifatli xizmatlarni taklif etish bilan birga, qulay
usulda
istalgan vaqtda, istalgan joydan bir necha turdagi xarid jarayonlarini amalga oshirish hamda
ko‗rsatilayotgan xizmatlardan samarali foydalanish imkonini beradi. Iqtisodiy sohalarda esa juda ko‗plab
qulayliklar yaratilib, minimal darajada xarajat qilgan holda maksimal darajada foyda olish va juda katta
samaradorlikka erishish bilan bir qatorda tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini bermoqda.
Raqamlashtirish jarayoni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tejamkorlik
hamda samaradorlikni
ta‘minlaydi.
Raqamlashtirish jarayonini o‗z vaqtida boshlagan davlatlar rivojlanib, aksincha, an‘anaviy
tizimda
faoliyat olib borgan davlatlar taraqqiyotdan orqada qolayotganligini ko‗rishimiz mumkin.
Raqamli iqtisodiyot barcha sohalar bo‗yicha katta hajmdagi raqamli ma‘lumotlarni to‗plash, ulardan
foydalanish va tahlil qilish bilan birga, savdo va internet xizmatlarida elektron tijorat, elektron to‗lovlar,
turli xildagi internet xizmatlarini taqdim etish orqali Yuqori tezlikda rivojlanmoqda.
So‗nggi yillarda butun dunyo bo‗ylab elektron savdo va elektron tijoratlashtirish jadal sur‘atlar bilan
davom etmoqda. Dunyo miqyosida 26 milliondan ziyod
elektron tijorat saytlari, savdo platformalari
mavjud. Chakana savdolarda onlayn savdo juda muhim rol o‗ynaydi. 2021 yilda elektron tijoratning
dunyo bo‗ylab chakana savdolardagi qiymati qariyb 19 % ni tashkil etdi va
elektron savdodan tushgan
SYNERGY: JOURNL OF ETHICS AND GOVERNANCE