• 1. Jadval . O‘zbekistonda keng foydalaniladigan to‘lov ilovalari to‘g‘risida ma’lumot № t/r Elektron toʼlov tizimlari nomi Yuklab olganlar
  • O‘zbekistonda elektron to‘lovlar tizimining rivojlanish yo‘nalishlari otamurodov Shavkat Nusratillayevich




    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/10
    Sana23.05.2024
    Hajmi1,08 Mb.
    #250829
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Xulosa va takliflar
    Mamlakatimizda raqamli transformatsiya jarayonlari iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida, Shu 
    jumladan, tijorat sohalarida xam amalga oshmoqda. Elektron tijoratning internet savdo ( internet 
    do‗konlar, savdo platformalari), raqamli marketing va elektron to‗lov tizimlari kabi sohalari faol 
    rivojlanmoqda.
    1. Jadval . O‘zbekistonda keng foydalaniladigan to‘lov ilovalari to‘g‘risida ma’lumot 
    № 
    t/r 
    Elektron toʼlov tizimlari nomi 
    Yuklab olganlar 
    va 
    foydalanuvchilar 
    soni 
    Reytingi 
    sharhlar 
    (ming) 

    Asakabank 
    100 ming + 
    4,3 
    9,3 

    Anorbank 
    1 mln + 
    4,6 
    160 

    CLICK Start 
    100 ming + 
    3,2 
    866 

    CLICK UP 
    5 mln + 
    4,4 
    118 

    DAVR MOBILE 
    500 ming + 
    4,5 
    12,6 

    Hamkor Mobile 
    500 ming + 
    2,8 

    Oson.uz 
    1 mln + 
    4.4 
    47,9 

    Zumrad 
    500 ming + 
    4,6 
    26,5 

    alif.mobi 24/7 
    1 mln + 
    4.5 
    17,3 
    10 
    MKBANK mobile 
    100 ming + 
    3,2 
    4,2 
    11 
    QIWI Uzbekistan 
    100 ming + 
    4,0 
    731 
    12 
    Payme 
    5 mln + 
    4,7 
    49 
    13 
    Paynet 
    1 mln + 
    4,7 
    31,6 
    14 
    Tenge24 
    100 ming + 
    3,3 
    1,65 


    9
    15 
    TBC UZ 
    1 mln + 
    4,3 
    48,6 
    16 
    QIWI Koshelek 
    50 mln + 
    4,0 
    729 
    17 
    Uzum Bank (Apelsin) 
    5 mln + 
    4,3 
    185 
    Manba: Playmarket ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
     
    Mamlakatimizda elektron savdoning rivojlanishining o‗ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, aholi 
    onlayn xaridlar uchun telegram botlaridan faol foydalanishadi. O‗z navbatida ushbu ilova to‗lovlarni 
    amalga oshirish, uning xavfsizligini ta‘minlash, hamda rasmiy oldi-sotti bitimlari tuzish imkonini 
    bermaydi. Buning natijasida, iste‘molchilar va sotuvchilar huquqlarini himoyalash, kiberjinoyatchilikning 
    oldini olish masalalarida muammolar vujudga kelmoqda. Bundan tashqari, iste‘molchilar faqat kichik 
    xaridlarni amalga oshirishi, kattaroq xaridlar bo‗yicha to‗lovlarni amalga oshirishida qo‗rquv va 
    ishonchsizlik bildirishmoqda. Bu kabi holatlar raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanuvchilarning 
    ko‗payishiga salbiy ta‘sir etadi. 
    Elektron to‗lov tizimlari samarali ishlashida internet ulanishlar barqarorligi va mamlakatimizning barcha 
    hududlarini qamrab olishi juda muhimdir. Mamlakatimizning barcha hududlarida global internet 
    tarmog‗iga ulanish bo‗yicha bir qator chora tadbirlar amalga oshirildi. Internet xizmatidan 
    foydalanuvchilar soni sezilarli ortdi. Shu bilan birga internet tarmog‗ining kengayish sur‘atlari korxonalar 
    sonining o‗sish sur‘atlaridan orqada qolmoqda. Bundan tashqari mamlakatimizda internet 
    foydalanuvchilari asosan mobil internet barcha hududlarni, korxona va tashkilotlarni imkon qadar to‗liq 
    va tez internet bilan ta‘minlash, uni sifatini yaxshilash hamda mahalliy uyali aloqa operatorlari aloqa 
    xizmatlarini samarali yo‗lga qo‗yish, internet qamrovi faqat yirik shaharlarda emas balki qishloq joylarda 
    ham ishlashini ta‘minlash lozim.
    Onlayn moliyaviy operatsiyalarning samaradorligi va sifatini oshirishda elektron to‗lov tizimlari sohasida 
    raqobatchilik muhitini rivojlantirish lozim. 
    Elektron to‗lovlaridan foydalanuvchilarni ko‗paytirishda xizmat haqini kamaytirish muhim ahamiyat kasb 
    etadi. Hozirgi kunda ham onlayn to‗lovlarni amalga oshirishda xizmat haqi olinmaydigan to‗lovlar 
    (kommunal to‗lovlar, soliq, davlat bojlari va boshqa) mavjud. Qolgan xizmatlar uchun odatda bir foiz 
    komissiya to‗lovi olinadi (to‘lovchi yoki sotuvchidan). Nazarimizda ushbu to‗lov foizi pul o‗tkazmaga 
    muvofiq regressiv (pasayuvchisi) stavkalarga muvofiq undirilishi maqsadga muvofiq 
    Shuningdek, aholining zamonaviy moliyaviy texnologiyalar hamda kiberxavfsizlik bo‗yicha 
    savodxonligini oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Fikrimizcha, maktablarda iqtisodiyot 
    asoslari fani doirasida o‗quvchilarga zamonaviy raqamli texnologiyalar, shuningdek raqamli hukumat 
    bo‗yicha bilim va amaliy ko‗nikmalar shakllantirishga oid mavzular bilan boyitilishi muhim. Bundan 
    tashqari ommaviy axborot vositalarida mazkur mavzularga oid ko‗rsatuvlar xam ko‗paytirilishi maqsadga 
    muvofiqdir. 

    Download 1,08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda elektron to‘lovlar tizimining rivojlanish yo‘nalishlari otamurodov Shavkat Nusratillayevich

    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish