0.0
500.0
1,000.0
1,500.0
2,000.0
2,500.0
3,000.0
3,500.0
4,000.0
4,500.0
1,234.2
1,790.6
1,204.5
794.1
[ЗНАЧЕНИЕ]
761.8
1,637.0
2,132.5
1,323.5
595.4
1,483.8
2,872.3
1,185.9
4,275.4
7
Har qanday to‗lov tizimining asosiy vazifasi pul mablag‗lari bilan ishlaydigan operatsiyalar hisoblanadi.
Onlayn moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun elektron to‗lov tizimlari kerak. Bunday tizimlar
texnik amaliyotlariga tayanadi, ular orqali foydalanuvchilar tashkilotlarga to‗lovlarni yuborishlari va bir-
birining hisoblariga pul o‗tkazishlari mumkin.
Elektron to‗lov tizimida elektron pullarning ahamiyati kattadir.
Elektron pullar –
bu bank kartalari, axborot tashuvchi elektron moslamalarda yoki elektron hamyonlarda
saqlanuvchi, naqd pullar bilan bir xil tarzda ishlaydigan, mahsulot yoki xizmatlarga to‗lovlarni amalga
oshirish uchun foydalanish mumkin bo‗lgan pullardir.
Elektron pullarning ishonchlilik, turli valyutalarda pul o‗tkazmalari, SMS orqali to‗lovlarni amalga
oshirish imkoniyati mavjudligi kabi afzallik jihatlari bilan birga, bir qator kamchiliklari ham mavjuddir.
Masalan, tizim ichidagi o‗tkazmalar bo‗yicha o‗tkazma summasining 0,8% i miqdorida foizlar olinishi
yoki elektron pullarni qoplashda 2 % dan ortiq miqdorda vositachilik haqining yuqoriligi kabi holatlar.
Hozirgi kunda elektron hamyonlar ochish imkoniyatini taqdim etadigan ko‗pgina to‗lov tizimlari mavjud.
Elektron hamyon - pullarni bank hisobvaraqlarida hamda bank kartasiga o‗tkazish, pullarni saqlash,
to‗lovlarni turli valyutalarda amalga oshirish imkonini beradigan, elektron internetdagi xaridlar yoki
xizmatlar uchun haq to‗lash imkoniyatiga ega dasturidir.
Elektron hamyonning bank kartalaridan farqi shundaki, unda pulni turli valyutalarda saqlash, xalqaro
to‗lov tizimda pul o‗tkazmalarini tez va qulay tarzda amalga oshirish, mobile telefon orqali to‗lovlarni
amalga oshirish, mobil ilova orqali har qanday bank kartasidan elektron hamyonni to‗ldirish kabi
imkoniyatlarga egadir.
Shuningdek, mamlakatimizda ham elektron to‗lov tizimlaridan samarali foydalanib kelinmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ―OSON‖, ―E-CARD‖, ―CLICK‖, ―WOOPPAY‖, ―alif.mobi‖, ―Interpay‖,
―QIWI Uzbekistan‖, ―1HLSW‖, ―GlobalPay‖, ―Payway‖, ―Apelsin‖, ―ExMoney‖, ―AIST‖, ―PAYNET
WALLET‖ kabi to‗lov tizimlari mavjuddir.
O‗zbekistonda ommabop to‗lov ilovalari tahlil etildi. O‗zbekiston bozorda so‗nggi yillardi mazkur
xizmatni amalga oshiruvchi moliyaviy muassalardan tashqari tijorat banklarning ham ishtiroki faollashdi.
Albatta mamlakatimizda dastlab bu xizmatlarni amalga oshirib boshlagan Paynet, Paymi va Click kabi
ilovalarning bozorning nisbatan kattaroq ulushini egallashgan. Hususan, mazkur ilovalar yuklab
olinishlari sonini tahlil etadigan bo‗lsak, Paymi va Click ilovalari 5 milliondan ortiq foydalanuvchilar
tomonidan yuklab olingan. Foydalanuvchilar sharhlari bo‗yicha Paymi nisbatan ijobiy baholangan.
Mamlakatimiz tijorat banklarining ilovalari ichida eng ko‗p yuklab olingan ilovalar sifatida Uzumbank (5
mln.), Anorbank (1 mln.) Davr bank, Zumrad va Hamkor banklarning (500 mingdan ziyod) ilovalarini
qayd etish mumkin. Shu bilan birga ularning mijozlar o‗rtasidagi reytinggi tahlili ko‗rsatishicha, Zumrad
va Anorbank ilovalari nisbatan yuqori ballga ega. Mazkur bank ilovalarining mijozlarni qamrab olishida
ilovalar orqali keng qamrovli bank xizmatlarini onlayn foydalanish imkoniyati mavjudligi hamda
ilovalarning tushunarli va qulayligi sabab bo‗lgan. Aksincha, Mikrokreditbank, Ipoteka bank, Xalqbanki
va boshqa ko‗plab banklar mobil ilovalar orqali xizmat ko‗rsatish imkoniyatlaridan samarali
foydalanishmagan. Jumladan, Hamkorbank yuklab olishlar soni bo‗yicha ancha yetakchi, ammo mijozlar
bahosi ancha past (2,8), bu esa, mijozlar mazkur ilovadan foydalanishda turli noqulayliklarga
uchraganidan dalolat beradi. Tahlilimizda ikkita xorijiy bank ilovalari ham ko‗rib chiqildi
Mamlakatimizda so‗nggi yillarda faoliyatini boshlagan TBS bank va Tengebankning o‗z mobil ilovalari
orqali onlayn xizmatlar ko‗rsatib kelmoqda. TBS bank nisbatan ko‗proq mijozlarni (1 mln) jalb etishga
8
muvoffaq bo‗lgan. O‗z navbatida Tengebank ham yuklab olishlar soni bo‗yicha ham reytinggi bo‗yicha
ancha past ko‗rsatkichlarga egalar.
So‗nggi yillarda mamlakatimizda turli mobile moliyaviy ilovalar ommaviylashmoqda. Ushbu xizmatlar
bozorida tijorat banklarga nisbatan nobank moliyaviy muassasalar nisbatan faolroq bo‗lib, ushbu bozorda
ko‗proq ulushga ega bo‗lishgan. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida tovarlar eksporti bilan bir
qatorda xizmatlar eksporti muhim ahamiyatga ega. Ko‗plab tadqiqotlar ko‗rsatishicha, mamlakatlar
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida eksport tarkibida innovatsion tovar va xizmatlar mavjudligi katta
ahamiyatga ega [18]. Shu sababli mamlakatimizda elektron to‗lovlar tizimida faoliyat yuritayotgan
muassasalarning xalqaro elektron to‗lovlar bozoriga chiqishi uchun shart-sharoit yaratish o‗ta muhim.
Xususan, so‗nggi yillarda qo‗shni davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi o‗zaro hisob-
kitoblar bo‗yicha ham talabni oshirib bormoqda. Shu sababli, mamlakatimizdagi elektron to‗lovlar
tizimining Markaziy Osiyo mamlakatlari elektron to‗lovlar tizimi bilan integratsiyalashuvini ta‘minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Mamlakatimiz onlayn to‗lovlar xizmat boorida yuqorida ko‗rib chiqilgan moliyaviy muassasalardan
tashqari bir nechta xorijiy muassasalar ham faoliyat yuritmoqda. Jumladan, QIWI Koshelek, QIWI
Uzbekistan, Oson.uz va alif.mobi 24/7 kabi ilovalar ham mamlakatimiz aholisi tomonidan foydalanilib
kelinmoqda. Mazkur ilovalar asosan xalqaro pul o‗tkazmalari uchun qulay imoniyatlari mavjudligi
sababli asosan xorijdagi migrantlar tomonidan oilasiga pul jo‗natmalarni amalga oshirishda qo‗llaniladi.
Shu sababli mamlakatning ichki to‗lovlarda mazkur ilovalar ommalashmagan.
|