|
O‘zbekistonda elektron to‘lovlar tizimining rivojlanish yo‘nalishlari otamurodov Shavkat NusratillayevichAdabiyotlar tahlili
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishining iqtisodiy ahamiyati, zamonaviy moliyaviy texnologiyalarning
iqtisodiy samaradorligi va aholi turmush darajasiga ta‘siri bo‗yicha ko‗plab iqtisodchi olimlar tadqiqotlar
o‗tkazgan.
Bir guruh iqtisodchi olimlar zamonaviy moliyaviy texnologiyalarning aholi iste‘moliga ta‘sirini tadqiqot
qilib onlayn to‗lovlar, internet savdo, onlayn kredit, kabi xizmatlarning rivojlanishi aholi iste‘molining
oshishiga olib keladi. Bu holat ayniqsa kam daromadli uy xo‗jaliklarida ko‗proq kuzatiladi [7].
Ya‘ni, zamonaviy moliyaviy texnologiyalar qarzga mablag‗ olish va mahsulot sotib olishni osonlashtirish
orqali kam daromadli aholi guruhlarini iste‘molga moyilligini oshiradi. Zamonaviy moliyaviy
texnologiyalarning rivojlanishi uy xo‗jaliklarining qarz mablag‗lari hajmiga ta‘siri boshqa xitoylik
olimlar tadqiqotda ham kuzatishimiz mumkin. Xususan, Z.Vang va D.Janglar tadqiqotida moliyaviy
texnologiyalar (Fintech) aholining bir tomondan qarz mablag‗larining o‗sishiga olib keladi, ammo Shu
bilan birga mazkur texnologiya moliyaviy muassasalararo axborot almashinuvi hisobidan ma‘lum
me‘yordan oshib ketishi oldini ham oladi. Ya‘ni muassasalar o‗rtasida mijozlarning daromadi va kredit
tarixi bo‗yicha axborot almashinuvi qarz mablag‗larning ularning to‗lov qobiliyatidan oshib ketish oldini
oladi [8].
Boshqa bir guruh iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari natijalari ko‗rsatishicha, Fintech rivojlanishi
moliyaviy integratsiya takmillashuvining hisobidan iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadi. Buning uchun davlat tomonidan raqamli identifikatsiya, raqamli to‗lov tizimi, ularga xizmat
ko‗rsatuvchi infratuzilmani hamda moliyaviy va investitsiyaviy resurslardan foydalanish imkonini
beruvchi raqamli tizimning samarali ishlashi uchun sharoit yaratib berishi lozim [9].
Zamonaviy moliyaviy texnologiyalar va to‗lov tizimlarining rivojlanishining iqtisodiy munoabatlarining
rivojlanishdagi ahamiyati masalalari mamlakatimiz iqtisodchi olimlarining tadqiqotlarida ham o‗rin
olgan. Jumladan, A.Xodjimamedov banklarda raqamli texnologiyalardan foydalanish muammolari
o‗rganib, ularni bartaraf etishning istiqbolli yo‗nalishlari bo‗yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab
chiqqan [10]. L.Muradova raqamli bankingnini raqamli ekotizimdagi o‗rni, uning rivojlanishining asosiy
yo‗nalishlari va muamolarini tahlil etgan [11]. N.Eshqulova esa, mamlaktimizda elektron savdo
rivojlanishida zamonaviy moliyaviy texnologiyalarning o‗rni va bu sohadagi xorijiy mamlakatlar tajribasi
tahlil etilgan, mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirish bo‗yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab
chiqqan [12]. R.Rashidov va A.Rustamovlar raqamli to‗lov tizimlariga qisqacha ma‘lumot berilib
hukumat identifikatsiyasini boshqarish tizimlari, ko‗proq ishonchli va xavfsiz bo‗lgan raqamli to‗lov
tizimlarini qo‗llab quvvatlash yo‗nalishlari tadqiq etilgan [13].
|
| |