O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 18- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana23.11.2023
Hajmi1,02 Mb.
#103775
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dilnoza Babaraximova

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
18-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.04.2023
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi dastlabki yillaridanoq taʼlim tizimini
isloh qilish masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilib, yosh avlodga jahon
andozalariga mos sharoitlarda bilim olishini, yetuk inson bo‘lib shakllanishi, qobiliyat 
va iqtidorini yuzaga chiqarish asosiy maqsad qilib belgilab olindi. 
Mamlakatda yashayotgan barcha fuqarolar, jumladan yosh bolalardan tortib 
nafaqaxo‘rlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha 
muammolarni hal qilish mumkin degan fikrni shakllantirmoqda.Bundan tashqari, 
ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank 
sektorida, robotlar va ishchilar o‘rtasidagi raqobat masalasi ham ko‘tarilmoqda. 
Raqamlardan foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning 
so‘zsiz foydasi bilan axloqiy, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, robotlar va 
tashkilotlar xodimlari o‘rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan bog‘liq masalalar 
tobora ko‘proq eʼtiborga olinmoqda. 
Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek 
“Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini 
egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish 
imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari 
chuqur kirib bormoqda. 
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va 
mehnat 
resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, 
bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi” [1]. 
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng 
joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin 
yaxshilash mumkin. Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, balki, 
ishbilarmonlik, sanoat obʼektlari,sifatli taʼlim va xizmatlar deganidir. “Raqamli” 
atamasi barcha sohalarda 
axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda 
moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta 
ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot,maʼlumotlar bo‘ladi. Ularning tahlilidan so‘ng 
esa to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha yechim ishlab chiqiladi. 
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA NATIJALAR 
Taʼlimning turli sohalarida kompyuter telekommunikatsiyalarining qo‘llanilish
tajribalaridan shuni ko‘rish mumkinki, axbor ot texnologiyalari bizga bir qator ijobiy 
imkoniyatlarni yaratib berayapti, quyidagilar shular jumlasidandir: 
1)professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarning har xil turdagi 
hamkorlik ilmiy tadqiqotlarini (har xil ilmiy-amaliy loyihalar yordamida chinakam 
ijodiy tadqiqot, mustaqil amaliy faoliyat, mustaqil bilim orttirish, amaliy ijodiy faoliyat 
va boshqa turdagi hamkorliklarni)tashkil etish; 
2)ilmiy-uslubiy markazda taʼlim olayotgan keng ommaga tezkor mutaxassis 
maslahatlarini tashkil etish va yetkazish; 



Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 18- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish