|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 18- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliBog'liq Dilnoza Babaraximova O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
18-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.04.2023
tadqiqotchilarning, shuningdek deputatlarning izlanishlarida ham ko‘rishimiz
mumkin.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, oldin raqamli texnologiyalarni barcha
sohalarda, yaʼni, sanoat, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarda joriy etish bilan
cheklanib qolgan edik. Bugungi kunda esa raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanib
borayotganini eʼtiborga olib, raqamli rivojlanish bo‘yicha barcha soha rahbarlarining
o‘rinbosarlari lavozim
tarkibiga kiritilmoqda. Raqamlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha faollashtirish barcha
biznes tuzilmalarida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar
barcha sohalarda “tajovuzkor”, ayniqsa iqtisodiy samarasi topilgan joylarda, barcha
darajalarda qo‘llab-quvvatlanmoqda[4].
Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan jarayonlar dinamikasi iqtisodiyotning raqamli
transformatsiyasida oliy taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tahlil qilish va
ishlab chiqishda taʼlim hamjamiyatining faol pozitsiyasini talab qilmoqda.
Taʼlmda raqamli texnologiyalarni o‘qitish sifatini saqlab qolgan holda samarali
qo‘llash uchun nimalar qilish kerak? Birinchidan, albatta mamlakatimizda Internet
infratuzilmasini yaxshilashimiz, mobil operatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan
xizmatlar sifatini oshirishimiz va eng muhiki aholining, ayniqsa talaba yoshlarni
zamonaviy
axborotkommunikatsiya
texnologiyalarining
so‘ng
yutuqlarini
o‘zlashtirishga shartsharoitlar hamda imtiyozlar yaratib berishimiz lozim.
Ikkinchidan, o‘quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan
foydalanish ko‘lamini kengaytirish va axborot resurslari, o‘qitish vositalari va
masofaviy o‘qitish texnologiyalarini rivojlantirish, ijodkor talabalarni universitetni
raqamlashtirish loyihalariga jalb qilish bilan oliy taʼlim muassasalari faoliyatini
tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha vakolatli
organlarga takliflar berish, yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan
jihozlangan tuzilmalar, o‘quv xonalari, laboratoriyalar,mediastudiyalar va boshqalarni
o‘z ichiga olgan markazlarni tashkil etish
hamda unda orttirilgan tajribani O‘zbekistonning barcha oliy taʼlim
muassasalarida qo‘llash.
Uchinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va taʼlim
texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini taʼminlash, bu borada pedagog
kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha
sharoitlar yaratish.
To‘rtinchidan, interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, maʼruza va seminar
darslari uchun internet bilan bog‘liq holda interfaol va multimediali taqdimotlarni
ishlab chiqish kabi mavzular bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun
kurslarni tashkil qilish va o‘tkazish.
Beshinchidan, real vaqt rejimida interfaol taqdimot tizimlari,video-
konferensaloqa tizimlari, virtual zallar, elektron resurslardan foydalanib istalgan
vaqtda masofaviy o‘qitish jarayonini amalga oshirish.
|
| |