|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 18- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliBog'liq Dilnoza Babaraximova O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
18-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.04.2023
Oltinchidan, bulutli texnologiyalar, virtual voqelik, kengaytirilgan voqelikdan
foydalanish hamda didaktik materiallar va tajriba dizaynlarini ishlab chiqishda 3D
printerini qo‘llash, raqamli didaktika va raqamli taʼlim modellarini qo‘llash,
o‘qituvchilar va talabalar uchun
loyihalar, diplom ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini muhokama qilish
uchun ilmiy veb-saytlar ishlab chiqish lozim. Shundagina, biz raqamli
texnologiyalardan foydalanib taʼlim sifatini tushirmagan holda talaba yoshlarga
bugungi kun talabi darajasida bilim olishlariga erishamiz.Biz taʼlim sifatini oshirish va
rivojlantirish uchun texnologiyalardan manfaatli foydalanish imkoniyatini yaratishni
istadik[5]. Q achonki, planshet taʼlim olishning bir elementiga aylansa, bolalar o‘qish
jarayoniga katta qiziqish bilan kirishadi.
Bu o‘yin bilan klassik taʼlimni birlashtirishga tengdir. Natijada o‘qish jarayoni
yaxshilanadi, o‘zlashtirish, taʼlim darajasi va kadrlarni tayyorlash samaradorligi
oshadi. Bilimli avlod, professional kadrlar — bu jamiyatning keng miqyosda
rivojlanishining garovidir.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini ta’lim tizimida
qo’llashni umumlashtirib shuni takidlab o’tish mumkunki , bugungi kun auditoriyalari
o‘n yil avvalgilaridan juda katta farq qiladi va sinf xonalari kompyuterlar, iPad,
planshetlar, smart-doskalar va boshqa turdagi taʼlim texnologiyalari bilan jihozlangan.
Dunyoning boshqa joylarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham raqamli avlodning yangi
ekranli avlodi - televizor, kompyuter, planshet,fablet, smartfon va smartsoatlari paydo
bo‘lmoqda. Bunday zich raqamli muhitga ega bo‘lish va u bilan doimiy o‘zaro
munosabat natijasida
bugungi kun talabalarining fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari
oldingi fikr yuritish va axborot jarayonlaridan tubdan farq qilmoqda. Raqamli avlod
ota-onalarimiz o‘rgangan uslubda o‘qitilishi mumkin emas va bo‘lmasligi ham kerak.
Bu avlodni o‘qitishda qora doska va oq bo‘rdan foydalanish ham mumkin emas.
Qora doskani oqiga va bo‘rni markerga o‘zgartirish hech narsani o‘zgartirmaydi,
yaʼni zamonaviy talabalarni bilim olishga va mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishish
ko‘nikmalarini rivojlantirishga undash usuli bo‘la olmaydi.
Shuni ham taʼkidlab o‘tish lozimki, o‘qituvchilar talabalarning ehtiyojlariga
yo‘naltirilgan interfaol o‘quv jarayonida asosiy rolni saqlab qoladi. O‘qituvchining
obro‘si va uning faoliyatining samaradorligi faqatgina kurs mazmunidagi bilimlar
darajasi va uning pedagogik qobiliyatiga emas,balki muayyan o‘quv materialini
to‘plash, qayta ishlash va o‘qitishda o‘qituvchining qanchalik zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib
aytganda, raqamli asrda taʼlim qayta ko‘rib chiqilishi va taʼlim paradigmasi
o‘zgartirilishi shart,sababi talabalar ortiq anʼanaviy uslubda o‘qishni xohlamaydilar va
o‘qituvchilar ham bu kabi odatiy usulda o‘qitishni davom ettirishlari kerak emas,balki
yang innovatsiyalarni darsda qo’llay bilishi kerak.
|
| |