O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 18- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana23.11.2023
Hajmi1,02 Mb.
#103775
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dilnoza Babaraximova

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
18-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.04.2023
internetdan foydalanishga sharoiti yetarli. Qolgan davlatlarda bu ko‘rsatkich ancha 
past. Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasida ham bu ko‘rsatkich yuqori darajada 
emas. Bunga sabab esa chekka hududlarda Internet infratuzilmasining yaxshi 
rivojlanmaganligidir. Bu esa ayrim 
mutaxassislar taxmin qilayotganidek, taʼlim sifati tushib ketishiga sabab bo‘lishi 
mumkin [2]. 
Xo‘sh, shu o‘rinda savol tug‘iladi. Biz raqamlashtirishga tayyormizmi? 
Xavf-xatarni oldindan ko‘ra bilish, uning natija hamda oqibatlarini to‘g‘ri baholay 
olish vaziyatdan talafotsiz chiqib ketishni taʼminlaydi. Dunyoda pandemiya tarqalishi 
ortidan mamlakatimizda iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash,xizmat ko‘rsatish sohalari 
singari taʼlim jarayoni uzluksizligini taʼminlash uchun ham kerakli choralar ko‘rildi. 
Xususan, shu yilning 
2020- yil 17 martida Prezidentimizning “Toshkent shahrida raqamli 
texnologiyalarni 
keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib,mazkur qarorda 
taʼlimning barcha sohalarini raqamlashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. 
Shu yil 23 martdan talabalar uchun televizion darslar efirga uzatila boshladii. 
Bundan tashqari, bir nechta oliy taʼlim muassasalari talabalar va o‘quvchilar uchun 
virtual taʼlim tizimlarini ishga tushirdi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “O‘quv jarayonini tashkil etish va 
boshqarish” axborot tizimi hamda MOODLE masofaviy taʼlim platformasi ishga
tushirildi. Boshqa oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida ham MOODLE, 
Platonus, Moodle LMS, SRS (Student Records System), MOOC kabi masofaviy taʼlim 
platformalari hamda mobil telefon va planshetlar uchun Google Classroom, Ereader 
ilovalari ishga tushirilib onlayn darslar tashkil qilinishi boshlandi. Shular qatori
Toshkent moliya institutida ham qisqa muddat ichida “remote-education” masofaviy 
taʼlim platformasining dasturiy taʼminoti ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. 
Yurtimizdagi nufuzli xususiy o‘quv markazlari ham zamon talabidan kelib 
chiqqan holda onlayn taʼlimni yo‘lga qo‘ydi. Bu jarayonning o‘zi ham mamlakatimiz 
taʼlim tizimida yangi bosqich boshlanganini anglatadi.Sababi, shu kungacha hali hech 
bir o‘quv markazi bunday tartibga o‘ta olmayotgan edi. 
Taʼlim tizimi bugungi kunda raqamli texnologiyalarga singib ketayotgani 
shunchaki hayratlanarli emas, chunki, bugungi kunda axborot makonida taklif 
etilayotgan ko‘plab narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik o’rganish uchun asos 
bo‘lib xizmat qiladi. So‘nggi yillarda taʼlimni «raqamlashtirish” muammolari, uning 
shakllanishiga taʼsiri bo‘yicha biror-bir davlat loyihasi yoki so‘rovnoma asosida 
tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi 
ham muhimdir [3]. Shu bilan birga, Internet tizimidagi muhitning yoshlar ongiga 
taʼsirining ahamiyati hukumatning, zamonaviy ommaviy axborot vositalarining 
maʼruzalarida, 
pedagogik 
jamoatchilik 
muhokamalarida,magistrant 
va 



Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 18- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish