6X6X6
O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
8-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2022
656
Mazkur metodlarning adabiy ta`lim jarayonida foydalanish mumkin
bo`lganlaridan yana biri 6X6x6 metodidir. Bu metoddan adabiy asarlar ustida
ishlashda foydalanishda adabiyot o`qituvchisidan pedagogik mahorat va ziyraklik,
guruhlarni oqilona shakllantira bilish talab qilinadi. Bu metodda sinfdagi o`quvchilar
oltita-oltitadan guruhlarga bo`linadi. Guruhlarga muayyan nomlar beriladi. Dars
mavzusi e`lon qilinadi, o`qituvchi guruhning a`zolarini almashtiradi. Yangi guruhda
avvalgi guruhdan bitta vakil qoladi va o`z guruhining mavzu yuzasidan chiqargan
xulosalarini yangi guruhga bayon etadi. Yangi guruh a`zolari avvalgi guruhning fikr va
xulosalarini o`rganadilar, unga o`z munosabatini bildiradilar. Shu tariqa qisqa vaqt
ichida o`quvchilar tomonidan ham mavzu yuzasidan fikr bildiriladi, ham bu fikrlar
ularning o`zlari tomonidan tahlil qilinadi va baholanadi.
Baliq skeleti texnikasi
Ushbu texnologiya katta muammolarning yechimini topishga qaratilgan. Yuqori
qismida muammolar yozilsa, pastki qismida esa ularning yechimiga doir so`zlar
yozilib, misollar bilan izohlanadi.
“Chala xat” -metodidan oʼqituvchilarimiz shoir va yozuvchilarimiz hayoti va
ijodini, sheʼr va gʼazallarini oʼrganishda qoʼllash mumkin. Sharti shuki, darsligimizda
berilgan matn, gʼazal va sheʼrlarning baʼzi joylarini tushurib qoldirasiz .Metodni
qoʼllashdan oldin esa mavzuni toʼliq oʼrganishni oʼquvchilarga uy vazifa topshirigʼi
sifatida berasiz.
“Rolli oʼyin”- metodidan adabiyot darslarida yozuvchilarimiz yozgan drammatik
asarlarni dars jarayonida sahnalashtiriladi. Buning uchun oʼquvchilardan asarni toʼliq
oʼrganib chiqish talab qilinadi. Bu oʼquvchilarda aktyorlik mahoratini shaklantiradigan
metodlardan biridir.
“Muammoli vaziyatlar”- metodining juda koʼp turlari mavjud. “Keys stade”, “
FSMU” bularning barchasi muammoning kelib chiqishi, sabablari va yechimini
oʼrganadi. Koʼpincha bu metodni adabiyot darslarida qoʼllaymiz.
Yozuvchi yozgan asarlarning ibtidosi va intihosidagi muammoli vaziyatlarni
oʼqituvchi va oʼquvchi hamkorligida oʼrganib chiqiladi va xulosa tariqasida soʼz
oʼquvchilarga beriladi. Bu esa oʼquvchilar qalbidagi hayot atalmish buyuk bir jarayonga
oʼzining munosabatini bildirishga undaydi . Toʼgʼri va egri yoʼl nima ekanini
tushunishga yoʼl koʼrsatadi .
“Venn diagramma”- bu solishtirma metod , Bu metod orqali yozuvchi va shoirlar
hayoti, ular yozgan asarlar solishtiriladi. Oʼxshash va farqli jihatlari koʼrib chiqiladi.
Metodning maqsadi oʼquvchilarda topqirlikni , solishtirib oʼqish , bilimlarni yanada
oshirish kabi koʼnikmalarni shakllantiradi.
“Zanjir”— metodi esa butun boshli sinf oʼquvchilarini darsga jalb etishni koʼzda
tutadi. Metodani qoʼllashdan oldin indinga oʼtiladigan mavzu uy vazifasi sifatida va
mavzuda biror bir maʼlumot qolmagan holda oʼquvchilarga tarqatma sifatida beriladi.
|