O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana22.01.2024
Hajmi0,86 Mb.
#143185
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yaxshiboyeva Dilorom Yuldashevna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
8-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2022
657 
“Assisment”— metodi oʼquvchilarning olgan bilimlarini tez baholash imkonini 
beradi. Bunda o'tilgan mavzu yuzasidan bitta test , yoki qoidaning maʼlum bir soʼzlari 
tushirib qoldirilgan va shu so'zni topish kabi topshiriqlar beriladi. 
O‘quvchilarga rasmli topshiriqlarni topshirtirib, ularni fikrlashga, topqirlikka, 
ijodkorlikka undaydi hamda yozma va og‘zaki nutqni o‘stirib, lug‘at boyligini oshiradi. 
O‘quvchilarning topqirligini, harflarni eslab qolish qobiliyatini o‘stirishda quyidagi 
metodlar samarali natijalar beradi: 
Kungoboqar metodi - kungoboqar rasmi o‘rtasida unli harflar, uning atrofida esa, 
undosh harflar yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar undosh va bitta unli harflarni qo‘shib, bir 
necha so‘zlar tuzishadi. O‘yin davomida o‘rtadagi unlilarni almashtirish ham 
mumkin. Bu jarayonda hamma o‘quvchilar baravar ishtirok etadilar. O‘qituvchi esa 
mashg‘ulot davomida eng faol qatnashganlarni rag‘batlantirib, baholab boradi. Bu usul 
ona tili darslarini qiziqarli tashkil etish, darslarda o‘quvchilarning toliqib 
qolishlarining oldini olish va qisqa vaqt davomida ko‘proq o‘quvchilarni baholashga 
xizmat qiladi. 
Sinkveyn metodi – sinkveyn so‘zining ma’nosi “beshlik” bo‘lib, “Qofiyalanmagan besh 
qatorlik she’r” degan ma’noni anglatadi. O‘quvchilar “Sinkveyn” metodidan foydalanib, 
qofiyalanmagan besh qatordan iborat she’r yozadilar. Bunga ko‘ra birinchi qator 
bitta so‘zdan iborat bo‘lishi va bu ot so‘z turkumiga oid so‘z bo‘lishi, ikkinchi qator 
ikkita so‘zdan iborat bo‘lishi va bu sifat so‘z turkumiga oid so‘z bo‘lishi, uchinchi qator 
uchta so‘zdan iborat bo‘lishi va bu fe’l turkumiga oid so‘zlar bo‘lishi, to‘rtinchi qatorda 
to‘liq bir maqol keltirilishi va beshinchi qatorda birinchi qatordagi so‘zga sinonim 
bo‘lgan bir so‘z qo‘yilishi mumkin. 
Ushbu metodddan o‘quvchilar so‘z turkumlari haqida tushunchalarga ega 
bo‘lganlaridan so‘ng foydalanishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchining fikrini tinglaydi va 
shu bilan birga, o‘quvchilarni ham bir-birlarining so‘zlariga e’tibor bilan qarashga 
o‘rgatadi. E’tiroz yoki qo‘shimchalar ham “hurmatli”, “Sizlarning fikringizga qo‘shilgan 
holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so‘zlar orqali bildiriladi. Bu tarzda 
tashkil etilgan darsda o‘quvchi hech qanday tazyiqsiz erkin fikrlay boshlaydi va o‘z 
fikrlarini ochiq bayon etadi, boshqalarni ham hurmat qilishga o‘rganadi. 
Ma’lumki, ona tili darsida ham lug‘at ishlarini o‘tkazish o‘quvchilarda o‘zi uchun 
notanish bo‘lgan so‘zni izohi haqida qiziqish paydo bo‘ladi. Bu so‘zlarning izohini 
topishda o‘quvchining o‘zi mustaqil izlanishi maqsadga muvofiqdir. Bunda yuqoridagi 
metod o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish bilan bir qatorda lug‘at bilan ishlashga 
ham o‘rgatadi. 
Kundalik metodi – o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruh jadvalning 
birinchi qismiga tayanch so‘zlardan namunalar yozadi. Ikkinchi guruh esa shu 
so‘zlarning ma’nosini izohlaydi. Masalan, sayyohlar - sayohat qiluvchilar. 
Birinchi guruh tayanch so‘zlarni imlo va husnixat qoidalari asosida yozganiga 
qarab baholansa, ikkinchi guruh shu tayanch so‘zga bergan izohiga qarab baholanadi. 
Bu metod orqali o‘quvchilar to‘g‘ri va chiroyli yozishga, har bir so‘zga befarq 



Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish