• O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 8- SON ILMIY
  • +  O‘zlik nisbati – Aziza shoshildi  Yuborildi  -




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/7
    Sana22.01.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #143185
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Yaxshiboyeva Dilorom Yuldashevna

    + 
    O‘zlik nisbati – Aziza shoshildi 
    Yuborildi 
    - 
    Majhul nisbat – shaxsi noma’lum 
     
    Tinglang va xulosa chiqaring 
    Bu o`yin bog`lovchi zveno vazifasini bajaradigan o`yinlardan bo`lib, bir mavzudan 
    ikkinchi mavzuga “yengil” o`tish imkoniyatini tug`diradi. Yangi mavzuga muqaddima
    turli tushunchalarni o`zaro bog`lovchi “ko`prik” vazifasini o`taydi. 
    O`yinni o`tkazishdan maqsadlar: 
    Sinf o`quvchilarining diqqatini koordinatsiya qilish. 
    O`quvchilarni guruh bo`lib ishlashga jalb etish. 
    Yangi mavzu taqdimotida o`zaro qanday muloqotga kirishish va bir-birini 
    tinglash madaniyatini shakllantirish. 
    O`yin uchun 15 minut vaqt ajratiladi. O`yinni o`tkazish uchun tavsiyalar: 
    O`zbek tili o`qituvchisi sinf o`quvchilariga quyidagi topshiriqni beradi: Boshqa 
    ijodiy guruhlardan o`zingizga ikki nafar sherik tanlang. 3 kishi bo`lib, o`zlaringizga 
    ma’qul rang tanlang. Masalan, O`zbekiston Respublikasining bayrog`idagi ranglardan: 
    zangor, qizil, oq, moviy. 


    O‘ZBEKISTONDA
     
    FANLARARO
     
    INNOVATSIYALAR

    VA 
    8-
    SON

    ILMIY
     
    TADQIQOTLAR
     
    JURNALI
    20.05.2022
    655 
    Kichik ijodiy guruhlarning har biri boshqalarga nimalar to`g`risida so`zlab berish 
    mumkinligini maslahatlashadilar, ona tili darslarida yaqin orada o`rgatilgan 
    mavzulardan birini tanlaydilar (“Til va jamiyat”, “So`z tarkibi”, “Kesim”, “Sodda yig`iq 
    gap”, “Gap qoliplari”, “So`z birikmalari”, “Uyushiq bo`laklar”, “Undalma”, “Qo`shma 
    gap”, “Ko`chirma gap” kabi). 
    O`ylash uchun 2 minut vaqt beriladi. 
    Taqdimotda har bir ijodiy guruh o`zi tanlagan mavzu bo`yicha boshqalarga 
    ma’lumot beradi. 3 ta qatnashchi bir-birini to`ldiradi. Taqdimot uchun 2 minutdan 
    vaqt ajratiladi. O`qituvchi vaqtni kuzatib turadi. 
    Boshqa guruh a’zolari eshitganlari haqida xulosa chiqarib beradilar. Bu 
    o`yindagi so`nggi halqa bo`lib, xulosalarga alohida ahamiyat beriladi. Yuqoridagi o`yin 
    vositasida o`tilgan mavzularni takrorlash yengillashadi. 
    O`quvchilarda oz vaqt ichida mavjud bilimlar yuzasidan mustaqil xulosa chiqarish 
    ko`nikmasi shakllanadi. Bu esa tanqidiy fikrlashni o`stirishdagi muhim omildir. 5- sinf 
    ona tili darslari misolida olib ko`rganimizda, darslikdagi I bo`lim (“Muqaddima”) 
    o`rganilgach, II bo`limga o`tishdan oldin yuqoridagi o`yinni o`tkazish mumkin. 

    Download 0,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    +  O‘zlik nisbati – Aziza shoshildi  Yuborildi  -

    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish