• Zakovat o`yini
  • O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/7
    Sana22.01.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #143185
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Yaxshiboyeva Dilorom Yuldashevna

     “Ta’rif va ijodkor” usuli. 
    Bu usuldan foydalanishda sinf guruhlarga bo’linib, oldindan topshiriqlar beriladi. 
    Guruhlar shartli ravishda nomlanadi, masalan, “Ta’rif beruvchilar” va “Ijodkor” guruhi. 
    Birinchi guruh ikkinchi guruhga ta’riflarni aytadi. Shundan so’ng guruhlar ushbu ta’rif 
    qaysi ijodkorga tegishli ekanligini topadi. Agar birinchi berilgan ta’rifdan so’ng darrov 
    bu ta’rifning qaysi yozuvchi yoki shoirga tegishli ekanligini topishsa, - 5 ball, ikkinchi 
    ma’lumotdan so’ng topishsa,- 4 ball va uchinchi urinishda topsalar - 3 ball yig’ishadi. 
    O’qituvchi ta’rif qaysi ijodkorga tegishli ekanligini topgan guruhdan yana ijodkor 
    hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar qo’shimcha qilishini so’raydi va baholab boradi. 
    Bu metod orqali har bir o’quvchi ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Masalan, 8-
    sinf adabiyot darsida bu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin: 
    “Ta’rif va ijodkor” usuli orqali o’quvchilar mavzuni mukammal o’zlashtiribgina 
    qolmay, o’qituvchi ularni faollikka, topqirlikka o’rgatadi va oqilona baholay oladi. 
    Zakovat o`yini 
    Bu o`yinni o`tkazishda dastlab auditoriyani o`yinga moslashtirish lozim bo`ladi. 
    O`yin ishtirokchilari test yordamida saralab olinadi. Yuqori ball olgan o`quvchilar 
    o`yinda ishtirok etish huquqiga ega bo`ladi. O`yin qatnashchilari 6-8 kishidan iborat 
    bo`ladi. Qolgan o`quvchilar esa o`yinni tamoshabin sifatida kuzatib turishadi. O`yin 
    uchun mo`ljallangan savollar konvertga joylashtirib ko`yiladi. Guruh sardori savolni 
    olib o`qituvchiga beradi. O`qituvchi savolni o`qib eshittiradi. Javobni aniklash uchun 
    bir dakika vakt ajratiladi. Bu vakt orasida o`yin ishtirokchilari javobni maslahatlashib 
    topishga harakat kilishadi. Bu o`yinni asosan, yukori sinfda o`tkazish tavsiya 
    etiladi.Zakavot o`yinlarida asosan, o`rtaga muammoli savollar tashlanib, shu 
    muammoni hal etishga dikkat qaratiladi. 

    Download 0,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish