• Aralash dars namunasi Bevosita yangi o`quv materialini o`rganishdan boshlanadigan dars namunasi
  • Yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darslarining turlari




    Download 3,07 Mb.
    bet99/179
    Sana27.06.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #265905
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   179
    Bog'liq
    O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw m

    Yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darslarining turlari. YAngi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darslari turli ko`rinishlariga egadir. Dars tipining ichki ko`rinishlari ”dasr turi” iborasi bilan qayd etamiz. Fikr yuritilayotgan dars tipining o`zi ikki turli bo`ladi: o`tilganlar takrorlangach, yangi o`quv materialini o`rganishdan boshlanadigan dars (adabiyotlarda bunday dars aralash dars) deb yuritiladi, bevosita yangi o`quv materialini o`rganishdan boshlanadigan dars.
    Yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darslari bunday turlarga ajratilganda o`qituvchi mavzuni o`tishdan oldin o`rganilgan mavzulardan qay birini takarorlash yoki takrorlamaslik to`g`risida boshqotiradi. Ikkala darsning tashkiliy qurilishini solishtirish uchun quyidagi jadvalni keltiramiz:

    Aralash dars namunasi

    Bevosita yangi o`quv materialini o`rganishdan boshlanadigan dars namunasi

    1. O`tganlarni takrorlash: a) oldin o`rganilgan mavzu yuzasidan berilgan faktlarni tahlil qilish; b) savol-javob; v) qoida, ta`riflarni esga tushirish.
    2. Yangi o`quv materialini o`rganishga tayyorgarlik: a) dars mavzusi, maqsadini bolalarga etkazish; b) mavzuga oid faktlarni tahlil qilish; v) bilishga rag`batlantiruvchi savollarni o`rtaga tashlash.
    3. Yangi o`quv materialini bayon qilish (tasvir, suhbat, mustaqil ishlash kabi metodlardan foydalanib yangi o`quv materialintushuntiriladi).
    4. Yangi o`quv materialini mustahkamlash (mashq qilish, mustaqil ishlash yo`llari bilan bilimlar mustahkamlanadi).
    5. Uy vazifasini belgilash.
    6. Bolalar bilimini baholash.
    7. Darsni yakunlash.

    1. Bolalarni yangi o`quv materialini o`rganishga tayyorlash: a) dars mavzusi, maqsadi bilan tanishtirish; b) yangi mavzuga oid faktlarni tahlil qilish
    2. Yangi o`quv materialini bayon qilish (o`qituvchi tasvir, tushuntirish, suhbat metodlaridan foydalanib kuzatilgan faktlarga tayanib mavzuni tushuntiradi).
    3. Yangi mavzuni mustahkamlash: a) darslikning aytilgan betlarini o`qish; b) mashq, misol, topshiriqlarni bajarish.
    4. Oldin o`rganilgan mavzu va bugungi mavzu doirasida o`rganilgan bilimlarni parallel takrorlash.
    5. Uy vazifasini bajarish.
    6. Bolalar bilimini baholash.
    7. YAkuniy xulosalar chiqarish.

    Aralash tipidagi yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash, shuningdek, bevosita yangi mavzudan boshlanadigan yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darslarining ko`rilishi bir-biridan farq qilsada, ikki xil belgi ularni bir tip, ya`ni o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darsi doirasida karashni takozo etadi. Ikkala darsda xam yangi o’quv materialini urganish va mustaxkamlash bir paytda olib boriladi. Ikkala darsning ham yadrosi bir narsadan bolalarni yangi bilimlarni o`rganishga tayyorlash, yangi bilimlarni idrok etish, mustahkamlashdan iborat.



    Download 3,07 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   179




    Download 3,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darslarining turlari

    Download 3,07 Mb.