|
Termoelektrik datchiklar (termoparalar)
|
bet | 47/49 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 246,9 Kb. | | #123161 |
Bog'liq Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish. Mechaniza-hozir.orgTermoelektrik datchiklar (termoparalar). Haroratni o‘lchashning termoelektrik usuli termoelektrik termometming (termoparaning) termoelektrik yurituvchi kuchi (termo EYuK) haroratiga bog‘liqligiga asos- langan. Bu asbob -200°C dan 2500 °C gacha bo‘lgan haroratlami o‘lchashda texnikaning turli sohalari va ilmiy tekshirish ishlarida keng qo‘llaniladi.
Termoelektrik termometrlar yorda- mida haroratni o‘lchash 1821-yilda Zeebek tomonidan kashf etilgan termoelektrik hodisalarga asoslangan. Bu hodisalarning haroratlarni o‘lchashda qo'llanilishi ikki xil metall simdan iborat zanjirda ularning kavsharlangan joyida haroratlar farqi hisobiga hosil bo‘ladigan EYuK effektidan iborat.
13.16-rasm.Termoelektrik termometrning prinsipial ixemasi.
Yuqorida aytilganidek, termopara bilantni o‘lchash paytida termo- paraning erkin uchlaridagi temperaturaning o‘zgarishiga qarab tuzatish kiritiladi. Sanoatda avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun elektr ko'prik sxemalar qo‘llaniladi.
Avtomatika relelari
Reie deb ma’lum bir kirish signali o'zgarganda chiqish signali sakrashsimon o‘zgaruvchi moslamaga aytiladi. Rele qishloq xo‘jalik avtomatikasida eng ko‘p qo‘llaniladigan elementlardan biri hisoblanadi. Ta’sir qiladigan fizik kattaliklariga qarab ular elektrik, mexanik, magnit, issiqlik, optik, radioaktiv, akustik va kimyoviy relelarga bo'linadi.
Ish prinsipi bo‘yicha elektrik relelar o‘z navbatida 9 turga bo'linadi (13.17-rasm).
13.17-rasm. Elektrik relelarning klassifikatsiyasi.
Ishga tushish vaqtiga qarab relelar tez harakatlanuvchi (T = 50-150 ms), o‘rta harakatlanuvchi (T = 1-50 ms) va sekin harakatlanuvchi (T = = 0,15-1 s). Agar T 1 sek bo‘lsa bunday rele vaqt relesi deyiladi.
Rele kontaktlarining ekspluatatsion kattaliklari. Relelaming puxtaligi va kontaktlarining kommutatsion xususiyatlari asosan kon- taktlarga bog‘liq. Relelarning kontaktlari quyidagi ekspluatatsion ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
Ruxsat etilgan chegaraviy tok - G r.e. Bu ko‘rsatkich kontaktlar qizib o‘zining fizik-mexanikaviy xususiyatlarini yo‘qotmaydigan harorat bilan aniqlanadi. Ruxsat etilgan chegaraviy tokni oshirish uchun kontakt- larning qarshiligini kamaytirib, ularning sovitish yuzasini oshirish kerak.
Ruxsat etilgan chegaraviy kuchlanish - U r.e. Kontaktlar o‘rtasidagi izolatsiyani va kontaktlararo masofada teshib o‘tish kuchlanishi bilan aniqlanadi.
Ruxsat etilgan chegaraviy quvvat - R r.e. Bu ko‘rsatkich kontaktlar ajralish jarayonida turg‘un - yoyni (dugani) hosil qilmaydigan zanjiming quvvati bilan aniqlanadi.
Kontaktlaming ish rejimini yengillashtirish maqsadida kontaktlarga (13.18-rasm, a, b) yoki cho‘lg‘amga (13.18-rasm, d, e,f) shunt sifatida qo‘shimcha elementlar ulash maqsadga muvofiqdir.
|
| |