Payvandlash sifat nazorati




Download 3,83 Mb.
bet77/107
Sana14.12.2023
Hajmi3,83 Mb.
#118232
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   107
Bog'liq
Payvandlash sifat nazorati UMK

1-LABORATORIYA ISHI.
PAYVAND BIRIKMALARNI TASHQI NAZORATI VA PAYVAND CHOKLARNI O‘LCHASH SIFAT NAZORATI GOLOGRAFIK USULDA


Ishdan maqsad: payvand birikma sifatini tashqi ko‘zdan kechirish mahoratini oshirish.


Ishning mazmuni
Payvand nuqsonlari deb DSTlar, texnik shartlar va loyiha chizmalaridan chetga chiqqan har qanday kamchilikga aytiladi. Bu normalarda quyidagilar ko‘rsatilgan: payvand choklarini geometrik o‘lchamlari (do‘ngligi va eni), zichligi, germetikligi, mexanik mustaxkamlik, plastiklik, kimyoviy tarkibi va payvand chok metali strukturasi tashkil etuvchilari.
Payvand choki va birikmalar nuqsonlari hosil bo‘lish va joylashishi bo‘yicha turlicha bo‘ladi.
Nuqsonlar hosil bo‘lishi bo‘yicha quyidagi asosiy guruhlarga ajratiladi:
1) konstruksiyani yig‘ish texnologiyasi buzilishi natijasida hosil bo‘lgan nuqsonlar (payvandlanayotgan qirralarni, quvurlar o‘qi surilishi shu bilan birga payvandlanayotgan metallar orasidagi tirqish o‘zgarishi va boshqalar).
2) payvandlanayotgan detalllar metalida mavjud bo‘lgan nuqsonlar (yoriqlar, qatlamlarga ajralish), payvandlanayotgan metal qirralari va chok atrofida; bu nuqsonlar chokni shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
3) asosiy metalni qoniqarsiz payvandlanuvchanligi oqibatida (asosiy birikmada issiq va sovuq darzlarni hosil bo‘lish moyilligi);
4) qo‘shimcha materiallarni kimyoviy tarkibi va texnologik xossalari mos kelmasligi oqibatida yuzaga keladigan nuqsonlar;
5) termik ishlov berish yoki payvandlash texnologiyasi jarayoniga rioya qilinmaganligi oqibatida yuzaga keladigan nuqsonlar (struktura tashkil etuvchilarini nomutanosibligi, kesiklar g‘ovaklar, kuindilar, shlak kirishmalari va mustaxkamligi past choklar).
6) konstruksiyani payvandlash vaqti yoki konstruksiyani sovish davrida qisib turuvchi moslamalarni, konduktorlar va shunga o‘xshash moslamalarni to‘g‘ri kelmasligi oqibatida hosil bo‘ladigan nuqsonlar;
7) konstruksiyani ekspluatatsiya qilish jarayonida hosil bo‘ladigan nuqsonlar.
Payvand birikmalarda nuqsonlarni joylashishi bo‘yicha tashqi va ichki turlarga bo‘linadi.

Tashqi nuqsonlar – bu chokni geometrik o‘lchamlari mos kelmasligi (chok bo‘rtiqligini o‘ta baland va pastligi, chok eni notekisligi), o‘ta chig‘anoqsimonligi, to‘ldirilmagan kraterlar, kesiklar, g‘ovaklar, kuyindilar, shlak kirishmalari va yuzagacha chiquvchi darzlar.


Ichki nuqsonlar – payvandlanayotgan detallar qirralari orasidagi pishmaganlar (neprovarlar), chok ildizi birikmasligi, flokenlar, metal kuyishi, ichki yoriqlar, yuzaga qatlamiga chiqmaydigan gazli g‘ovaklar va shlak kirishmalari, payvand materiali buyumlariga mos kelmaydigan struktura tashkil etuvchilari.



Download 3,83 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   107




Download 3,83 Mb.