|
Payvandlash sifat nazorati
|
bet | 79/107 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #118232 |
Bog'liq Payvandlash sifat nazorati UMKJihoz va ashyolar
1. Payvand choklari nuqsonlariga ega payvand namunalari.
2. SHtangensirkul
Ishni bajarish tartibi
1. Kam uglerodli, zanglamas po‘lat, alyuminiydan eritib payvandlash uslubida olingan makroshliflari yuzasidagi nuqsonlarni tasvir etish.
2. Kam uglerodli, zanglamas po‘lat, alyuminiydan eritib payvandlash uslubida olingan makroshliflar yuzasidagi nuqsonlarni eskizini olish.
3. Ishchi konstruksiyaning payvand choki yaroqligi haqida hulosa berish.
Hisobot mazmuni
Xisobot o‘z ichiga tajriba tavsifi, o‘lchov natijalari va ish bo‘yicha xulosani oladi.
Nazorat savollari
Payvandlash nuqsonlari qanday hosil bo‘ladi?
Golografik usuli mohiyati aytib bering
Nuqsonlar payvand birikmalarni ishlash xususiyasitiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
2-LABORATORIYA ISHI.
PAYVAND BIRIKMALARNI TASHQI NAZORATI VA PAYVAND CHOKLARNI O‘LCHASH SIFAT NAZORATI. AKUSTIK VA ISSIQLIK TASIRIDA
Ishdan maqsad: payvand birikma sifatini tashqi ko‘zdan kechirish mahoratini oshirish.
Ishning mazmuni
Payvand choki va birikmalar nuqsonlari hosil bo‘lish va joylashishi bo‘yicha turlicha bo‘ladi.
Nuqsonlar hosil bo‘lishi bo‘yicha quyidagi asosiy guruhlarga ajratiladi:
1) konstruksiyani yig‘ish texnologiyasi buzilishi natijasida hosil bo‘lgan nuqsonlar (payvandlanayotgan qirralarni, quvurlar o‘qi surilishi shu bilan birga payvandlanayotgan metallar orasidagi tirqish o‘zgarishi va boshqalar).
2) payvandlanayotgan detalllar metalida mavjud bo‘lgan nuqsonlar (yoriqlar, qatlamlarga ajralish), payvandlanayotgan metal qirralari va chok atrofida; bu nuqsonlar chokni shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
3) asosiy metalni qoniqarsiz payvandlanuvchanligi oqibatida (asosiy birikmada issiq va sovuq darzlarni hosil bo‘lish moyilligi);
4) qo‘shimcha materiallarni kimyoviy tarkibi va texnologik xossalari mos kelmasligi oqibatida yuzaga keladigan nuqsonlar;
5) termik ishlov berish yoki payvandlash texnologiyasi jarayoniga rioya qilinmaganligi oqibatida yuzaga keladigan nuqsonlar (struktura tashkil etuvchilarini nomutanosibligi, kesiklar g‘ovaklar, kuindilar, shlak kirishmalari va mustaxkamligi past choklar).
6) konstruksiyani payvandlash vaqti yoki konstruksiyani sovish davrida qisib turuvchi moslamalarni, konduktorlar va shunga o‘xshash moslamalarni to‘g‘ri kelmasligi oqibatida hosil bo‘ladigan nuqsonlar;
7) konstruksiyani ekspluatatsiya qilish jarayonida hosil bo‘ladigan nuqsonlar.
Payvand birikmalarda nuqsonlarni joylashishi bo‘yicha tashqi va ichki turlarga bo‘linadi.
|
| |