|
Payvandlash sifat nazorati
|
bet | 80/107 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #118232 |
Bog'liq Payvandlash sifat nazorati UMKAkustik nazorat usuli.
Amaliyotda aniqlangan nuqsonning kattaligi va turini baholash uchun nuqsonning istalgan sharoitida har qanday operator osongina o‘lchaydigan va oddiy raqamlar shaklida ifodalanadigan axborot belgilaridan foydalaniladi. CHoklar sifatini baholash uchun odatda nuqsonlarning quyidagi o‘lchanadigan tavsiflaridan foydalaniladi:
1. Aks-sado-signal amplitudasi qaytaruvchi, u nuqsonning yuzasining ultratovush dastasi o‘qiga perpendiklyar bo‘lgan tekislikka proeksiyasiga mutanosib bo‘ladi.
2. SHartli uzunlik, u o‘zgartkichning chok bo‘ylab siljish zonasi uzunligi bilan aniqlanib, topilgan nuqsondan kelayotgan aks-sado-signal ana shu zona doirasida qayd etiladi.
3. SHartli balandlik, u nuqsonlarning yotish chuqurliklari orasidagi farqga teng bo‘lib, bu chuqurliklar qiya o‘zgartkichning chekka holatlarida, uni chok o‘qiga nisbatan perpendikulyar tarzda siljitib o‘lchanadi. Qiya o‘zgartkichning chekka holatlarida deganda nuqsondan kelayotgan aks-sado-signalning defektoskop yoyilmasida paydo bo‘lishi va yo‘qolishiga mos keluvchi holati tushuniladi.
4. CHokning uzunlik birligiga to‘g‘ri keluvchi nuqsonlar soni
5. Nuqsonning chok kesimi va uzunligi bo‘yicha koordinatalari. Nuqson turini baholash uchun quyida ko‘rib chiqiladigan qo‘shimcha axborot belgilaridan foydalaniladi. Nuqsonning payvand chokdagi o‘rni uchta koordinata bilan aniqlanadi, yani N – yuzaga normal bo‘yicha hisoblanadigan nuqsonning yotish chuqurligi; X – buyumning yuzasi bo‘ylab izlagichning nurlanish markazidan nuqsongacha bo‘lgan oraliq; L – chok o‘qi bo‘ylab nuqsondan qandaydir tanlangan hisoblash nuqtasigacha bo‘lgan oraliq.
Defektoskopning chuqulikni o‘lchaydigan qurilmasi zondlovchi impuls bilan nuqsondan kelayotgan aks-sado-signal orasidagi vaqt oralig‘ini T ni o‘lchaydi. Ultratovush to‘lqinlarining metall va prizmada tarqalish tezliklari hamda ultratovushni kiritish burchaklari odatda ma’lum bo‘lgani uchun T ga qarab N va X ni aniqlash mumkin.
Ultratovushli defektoskopiada aks-sado-signal amplitudasi nuqsondan kelayotgan aks-sado-signali o‘sha o‘zgartkichning o‘zi malum kattalikdagi va geometrik shakldagi tayanch qaytargichdan olgan qandaydir tayanch signal bilan solishtirishdan iborat bo‘lgan usul bilan o‘lchanadi.
Qanday turdagi nuqson aniqlanganligi oldindan ma’lum bo‘lganda edi, u holda nuqsondan kelayotgan aks-sado-signalni shakli nuqson shakliga eng yaqin bo‘lgan sun’iy qaytargichdan kelayotgan signal bilan solishtirish eng to‘g‘ri bo‘lardi. Ammo ko‘pincha nuqsonning turini etarlicha ishonch bilan aniqlash mumkin bo‘lmaydi. Bundan tashqari, nuqsonning o‘lchami har qanday o‘lchashda hosil bo‘luvchi biron bir standartlashtirilgan qiymat orqali ifodalanmog‘i kerak. SHu bois aks-sado-signal amplitudasini o‘lchashni bir hillashtirish maqsadida nuqsonning ekvivalent yuzi (yoki ekvivalent diametr) tushunchasi joriy etilgan.
Nuqsonning ekvivalent yuzi Se nuqson joylashgan chuqurlikda joylashgan va o‘sha amplitudadagi aks-sado-signal beradigan sun’iy qaytargich (yassi tubli teshik tubi) ning yuzi bilan o‘lchanadi. Ekvivalent diametr ham shu tarzda aniqlanadi. Nuqsonning ekvivalent o‘lchamini qo‘shilgan sxema bo‘yicha qiya o‘zgartkich bilan aniqlashda yassi tubli teshikning o‘qi dastaning akustik o‘qiga o‘qdosh bo‘ladi, BA-izlagichlar bilan o‘lchashda esa teshikning o‘qi yuzaga perpendikulyar bo‘ladi.
Nuqsonlarning ekvivalent o‘lchamini o‘lchashning ikki usuli: test - namunalar yordamida va ARD-diagrammalar bo‘yicha o‘lchash usullari mavjud. Birinchi usuldan nuqsondan kelayotgan aks-sado-signal test – namunada nuqson yotgan chuqurlikda tayyorlangan turli kattalikdagi yassi tubli teshiklardan kelayotgan signal bilan ketma ket solishtiriladi. Test-namuna nazorat qilinadigan buyumning ayni nushasidan iborat. Nuqsonlarning ekvivalent o‘lchamini o‘lchashga doir barcha amallar shundan iboratki, bunda nuqsondan kelayotgan aks-sado-signalga teng aks-sado-signal kelayotgan teshikni topish zarur bo‘ladi.
Usulning asosiy afzalliklariga uning oddiyligi va qulayligi kiradi. Ammo yassi tubli qaytarkichlarning diametri va joylashish chuqurligi bo‘yicha keng to‘plamlari namunalarini ko‘p miqdorda tayyorlash zarurligi usulning kamchiligi hisoblanadi. Bundan tashqari, test–namuna yuzasining sifatini va akustik xossalari nazorat qilinadigan buyumga to‘la to‘kis mos bo‘lishi kerak
|
| |