13
sаbzаvоtlаrdаn tаоm tаyyоrlаshni, tаyyоr tаоmni bеzаsh vа dаsturхоn tuzаshni,
idish-tоvоqlаrni yuvish vа sаqlаshni, sаnitаriya-gigiеnа tаlаblаri vа mеhnаt
хаvfsizligi qоidаlаridan amaliy ish faoliyatida qo‘llash.
I.2.
PAZANDACHILIK O’QUV XONASIDA XAVFSIZLIK TEXNIKA
QOIDALARI VA SANITARIYA GIGIYENA TALABLARI
Mehnat ta`limining moddiy bazasini tubdan yaxshilash uchun barcha shart-
sharoitlarni inobatga olish zarur.
O‘quv
ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga ko‘ra, 70-90 m
2
ni
tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bo‘ladi. Ular ta`lim
muassasasida ortiqcha shovqin bo‘lmasligi uchun kollejning asosiy binosidan bir
oz nariroqda quriladi.
O‘quv ustaxonalari materiallar, yarim fabrikatlar,
tayyor buyumlar,
shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi xonalarga
ega bo‘ladi. Ustaxonalarning poli taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabiiy va
sun`iy shamollatiladigan bo‘lishi me`yorda tabiiy va sun`iy yoritilgan ish o‘rni
bo‘lishi, havo temperaturasi qishda 14-16
0
S, yoz davrida esa 20
0
S dan oshmasligi
kerak. Yoritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug‘lik
lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin bo‘yoqlar
bilan shipi oq
bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta`minlaydi.
Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e`tibor berish kerak.
Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan bo‘yoqlar jihozlarning turli qismlari,
ishlanuvchi ob`ektlar bilan ustaxonaning umumiy foni o‘rtasida yaqqol farq
bo‘lishini ta`minlaydi.
Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va
tebranishni yo‘qotuvchi jihozlardan, eng to‘g‘ri mehnat
usullaridan foydalanish
yo‘li bilan erishilishi mumkin.
O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yong‘inga
14
qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va sanoat sanitariyasi talablariga rioya
qilish zarur, ustaxonalar asbob-uskunalar bilan to‘ldirilib yubormasligi kerak.
Tikuv mashinalar va ularning orasidagi o‘tish yo‘llari belgilangan me`yorlar
darajasida bo‘lishi lozim. Dastgohlar, tikuv mashinalarning oxirgi qatorlari bilan
ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak.
Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar saqlanishi uchun
sanitariya-gigienik talablariga rioya qilgan holda shart-sharot yaratilgan bo‘lishi
kerak.
Ustaxonalarning maydonidan oqilona foydalanish, ularning toza bo‘lishi,
asbob-uskunalarning to‘g‘ri turishi, estetika talablariga rioya qilish va namunali
tartib – bularning hammasi o‘quvchilarni intizomlilik va davlat mulkini ehtiyot
qilish ruhida tarbiyalash uchun katta ahamiyatga egadir.