32
O`xshash tomonlarni ajratib
ko`rsating.
O`zingizning taxminiy
munosabatingizni bildiring.
Farqni tushuntirib bеring.
Tasdiq
savol
Savolning tarkibida javob
mavjud bo`lganligi sababdan
xulosa ham kеltiriladi.
Bu kabi nazariyot maqsadga
muvofiq kеlmaydi, shunday
emasmi?
Hozirgi vaqtda ta‘lim muassasalarida o‘qitishning zamonaviy metodlari
keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish
jarayonida yuqori samaradorlikka erishishiga olib keladi. Ta‘lim metodlarini
tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga
muvofiq sanaladi.
An‘anaviy dars shaklini saqlab qo‘lgan holda, unga turli-tuman o‘quvchilar
faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o‘quvchilarning o‘zlashtirish
darajasini kotarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni o‘qilona tashkil
qilinishi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta‘lim
jarayonida faolligi muttasil ragbatlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik
bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda
ishlash, tadqiqot, muammoli vaziyat, Yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli oyinlar
metodlarini qo‘llash, o‘quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash,
turli baholash metodlaridan foydalanish, ta‘lim vositalaridan joyida va vaqtida
foydalanish talab etiladi.
O‘quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shu sababdan,
o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun etarli darajada
o‘quvchilar ishtiroki va amaliyoti mavjud bo‘ladi. Bu metodlar asosan
o‘qituvchining turli faoliyat shakllari orqali amalga oshiriladi.