|
Pazandachilik asoslari
|
bet | 16/53 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 219,59 Kb. | | #149983 |
Bog'liq Pazandachilik asoslari-fayllar.orgO’quv dastur – davlat ta‘lim standartiga asoslanib tuziladigan davlat hujjati
bo‘lib, unda ma‘lum bir o‘quv fani bo‘yicha o‘qitiladigan bilim hajmi va ta‘lim
mazmuni ifodalanadi. U 6 oyga yoki 1 yilga istiqbolli tuziladi
Kalendar - mavzu rejasini tuzish vaqtida mehnat ta‘limi o`qituvchisi o`quv
ishlab chiqarish ishlari ro`yxatiga qanday mehnat ob‘yektlari kiritilishi lozimligini
oldindan bilishi kerak. Demak, kalendar mavzu rejasi o`qituvchi tomonidan o`quv
ishlab chiqarish ishlari ro`yxati belgilangan bir vaqtda tuzib chiqilishi lozim.
Chunki bu rejalashtirilayotgan har ikkala hujjat bir-biriga chambarchas bog‘liqdir.
Mehnat ta‘limi bo`yicha operator dasturi asosida o`qituvchining mashg‘ulotga
tayyorlanishida, ayniqsa dars rejasini tuzib chiqishda mehnat ob‘yektlarini
tanlashda va mashg‘ulotlarni zarur narsalar bilan boyitishda uning ishini ancha
osonlashtiradi. Mehnat ta‘limi bo`yicha kalendar-mavzu rejasi dastur asosida yarim
yilga mo`ljallab tuzib chiqiladi. Reja mehnat o`qituvchilarining metod
birlashmasida ko`rib chiqilishi, unga tuzatishlar kiritilib, mulohazalar hisobga
olinishi kerak.
Kalendar - mavzu rejasida amaliy-laboratoriya ishlarining ro`yxati albatta
berilishi lozim, zarur asbob - uskunalar, materiallar, hujjatlar ana shu ro‘yxatga
muvofiq ravishda tayyorlanadi.
Dars reja - har bir fan o‘qituvchisi tomonidan har bir mavzu yuzasidan
tuziladi. Dars reja o‘quv dastur asosida tuziladi.
Mehnat ta‘limida yo‘llanmalardan foydalaniladi. Yo‘llanma – mehnat
faoliyati usullarini tushuntirish va ko‘rsatish hamda mehnat faoliyatlarini to‘g‘ri va
xavfsiz bajarish bo‘yicha tasavvur hosil qilishga va o‘quvchilarning amaliy
faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratiladi. Yo‘llanma darsning qismi
(elementi)dir. Yo‘llanmada shunday ko‘rsatmalar bo‘lishi kerakki, o‘quvchi ular
yordamida o‘z faoliyatlarini nazorat qila olishi kerak.
Kirish, joriy va yakuniy yo‘llanmalar bir-biridan farq qiladi. Kirish
yo‘llanmasida
boshlang‘ich
ma‘lumotlar
beriladi,
joriy
yo‘llanmada
o‘quvchilarning amaliy topshiriqlari bajartiriladi hamda yakuniy yo‘llanmada
bajartirilgan topshiriqlar izohlanadi.
|
| |