Xavfsizlik texnikasi qoidalari.
1. Oshxonada ishlatiladigan asboblarni o`z o`rniga qo‘yish.
17
2. Gazdan va gaz duxobkasidan to`g`ri foydalanish.
3. Sovutgichga issiq ovqat qo`ymaslik.
4. Oshxona asboblarining to`liq bo`lishini ta`minlash.
5. Oshxona pichoqlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish.
6. Oshxona jihozlarini va buyumlarini o`ta ehtiyotkorlik bilan saqlash qoidalarini
bilish .
7. Oziq ovqat mahsulotlarini saqlashga e`tibor berish.
8. Xonani shamollatib turish.
9. Qaynab turgan qazondan ehtiyot bo`lish.
10. Shisha idishlarga birdaniga qaynoq suv solmaslik.
Sanitariya gigiyena qoidalari.
1. Oshxona tozaligiga e`tibor berish.
2. Xonaga yorug`lik yaxshi tushishi.
3. Idishlarni shkafda saqlash.
4. Ro`mol va ish fartugida ishlash.
5. Oziq- ovqat mahsulotlarini urinib, chirib qoiishiga yo`l qo`ymaslik.
6. Qozon va idishlarni o`z vaqtida yuvish.
7. Sut mahsulotlarini toza saqlash.
8. Qo`lni tez-tez tozalab yuvish.
9. Ovqat tayyorlashda tozalikka rioya qilish.
10. Chiqindilarni ko`p vaqt saqlamaslik.
18
I.3. O’ZBEK MILLIY OSHXONASINING O’ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISHI, OSHXONADA
ISHLATILADIGAN SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARI.
O‘zbekistonning iqlim sharoiti yozlik va qishlik oshxonalar bo‘lishini talab
etadi.
Qishki oshxona uchun yorug‘, shamollatib turish oson bo‘lgan xona tanlab
olinadi. Bu xonaning shiplari baland, pollari tekis qilib ishlangan, devorlarga esa
keramik plitalar yopishtirilgan yoki bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Oshxonaning zarur
jihozlari: oziq mahsulotlari va idishlari uchun javon yoki taxta toqcha (polka), stol,
kerogaz, kerosinka, plita, elektr plitasi, gaz plitasi va boshqa isitish asboblaridir.
Bu asboblarni g‘isht, tunuka yoki keramik plitalar ustiga o‘ngay qilib qo‘yish
mumkin. Agar oshxonaga xolodilnik qo‘ymoqchi bo‘lsangiz uni isitish
asboblaridan uzoqroq joyga o‘rnating. Oshxonada yana ikkita paqir bo‘lishi juda
zarur, biri ovqat qoldiqlari, po‘choq va shu kabilar uchun bo‘lsa, ikkinchisi suyak,
meva va qopqoqli bo‘lishi shart, ular tova tutilishi va o‘z vaqtida bo‘shatib, xlor
eritmasi bilan dezinfektsiya qilinib turilishi kerak.
Oshxonani kuniga bir marta tozalab shamollatib turing, eshik va derazalariga
oq pardalar tutib ozoda saqlang. Oshxonada yuvinish, kir yuvish va yoyish, krovat
quyib yotish tavsiya etilmaydi.
Oshxonada xo‘jaligi uchun bir necha xil idishlar, ya‘ni qozon —tovoq,
kastryulka, pichoq, kapgir va cho‘mich kabi asboblar kerak. Bunday asbob
taomlarni to‘g‘ri pishirish va sanitariya — gigiena qoidalariga rioya qilish uchun
ham zarurdir.
Oshxonada hatto ozuqa mahsulotlarini rasamadi bilan solishni o‘lchaydigan
asboblar, vaqtga qarab pishirish uchun ko‘ng‘iroqli soat bo‘lishi tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, sabzavot tozalash, xamir yoyish, baliq va go‘shtni chopish
yoki to‘g‘rash uchun alohida oshtaxtalar, tuz, ziravor va yog‘ uchun har xil
kattalikda shisha yoki chinni idishlar bo‘lishi lozim.
19
Idish — tovoqlar pishiriladigan ovqatning hajmiga mos bo‘lishi kerak.
Ma‘lumki, katta qozon yoki kastryulkada ozgina ovqat pishirilsa, yoxud kichik
idishda to‘latib ovqat pishirilsa taom uncha lazzatli bo‘lmaydi va ba‘zan buziladi.
Chunki katta idishlarda pishayotgan ovqat tez qaynab, tez bug‘lanadi, kichik
idishdagisi esa toshib yog‘ va sellari oqib ketadi. Shuning uchun xo‘jalikda bitta
katta qozon va bitta kichikroq qozon, har xil hajmdagi, chunonchi: alyumin, emal
bilan sirlangan va boshqa materiallardan yasalgan bir necha kastryulka, katta
va kichik tova, ikkita cho‘mich, kapgir, chovli, mantiqazon bo‘lishi kerak.
Bulardan tashqari oshpichoq, suyak chopqi, kartoshka pichog‘i, taxta
—
o‘qlov, juva, elak, g‘alvir, suzgich, xasip voronkasi, yog‘ voronkasi, myasorubka,
yog‘och keli (o‘g‘ir), o‘g‘ircha (xovoncha), kirgach, chakich, mevasiqqich,
konserva ochgich, shtopor, qil elak, ikkita tos, besh— oltita har xil alyumin
lagancha, to‘rtta katta six, yigirmata kabob sixi va hokazolar bo‘lishi lozim.
Yozlik oshxona, albatta hovliga qurilgan bo‘ladi. Ikki yoki uch tomoni devor
bilan o‘ralib shiypon qilib qurilgan oshxona eng qulay bo‘ladi, chunki havo
bemalol aylanib, tutun va islarni shamollatib turadi. Yozlik oshxonaning shipi va
devorlari yonmaydigan materialdan yasalgan bo‘lib, pollariga gisht yoki keramik
plitalar yotqizilsa yaxshi bo‘ladi. Yozlik oshxonaning atrofi devor bilan o‘ralmay,
cheti sim bilan tutilsa ham bo‘ladi. Yozlik oshxonaga tandir quriladi. Tandirni supa
o‘rtasiga og‘zini osmonga qaratib qursangiz ham bo‘ladi. Ikkinchi holda tandirning
og‘zi esa yer dan 1,7 metr baland bo‘lishi kerak. Tandirni asosan g‘isht bilan
ko‘tarib, devor oralig‘ini bo‘sh qoldirish kerak. Bu yerga o‘tin — cho‘p yoki axlat
paqirlari qo‘yiladi.
Tandirning o‘ng tomoniga stol o‘rnashtirasiz, so‘l tomoniga suv idishni
qo‘yadigan supacha yasaysiz. Tandirni olovi yaxshi yonadigan, tutun ravon
ko‘tariladigan qilib qurish kerak.
Yozlik oshxonaga qozon va qumg‘on o‘choqlari quriladi. Qozon o‘choq
suvoq qilingan bo‘lib, usti metall yoki yog‘och qapqoq (tuvoq) bilan yopiladigan
bo‘lishi kerak. Yozlik oshxonadan butun yil bo‘yi, hatto qishda ham foydalanish
20
mumkin. Yozlik oshxonada, shuningdek mangalka va kabob qo‘rasi kabi asboblar
ham bo‘ladi.
Yozlik oshxona ham huddi qishki oshxona kabi har kuni bir marta tozalab
turiladi va o‘choq, tandir hamda devorlar oyda bir yoki ikki marta ohakka DDT
poroshogi ko‘shib oqlab turiladi.
Ovqatlanish asboblari - Ro‘zg‘ordagi ashyolarning ko‘pini ovqatlanish
asboblari tashkil qiladi. Bu asosan, kosa, lagan, likopcha, chinni choynak grafin,
piyola, ryumka, qoshiq, vilka kabi ovqatlanish asboblaridan iboratdir.
Ovqatlanish asboblari yetarli bo‘lmasa, lazzatli qilib tayyorlangan
taomingizni bemalol yeya olmaysiz, albatta.
Mavjud idish— tovoqlar chiroyli nafis, guldor bo‘lishi va bir xil
materialdan tayyorlangan serviz bo‘lsa yana ham yaxshi. Chunki chiroyli idish
taomga ajoyib tus berib, uni bezatib turishi bilan birga ishtaha qo‘zgatishga ham
yordam beradi. Siz bir xil taomni turli rangdagi va kattalikdagi idishlarga solib
dasturxonga torting, ovqatning shakli, albatta, buzilib ko‘rinadi, chiroyli idishdagi
taomdan bahramand bo‘layotgan mehmoningiz "mehnat hurmat ko‘rsatibdi" deb
xursand bo‘lsa, oldida qo‘pol idish turgan mehmoningiz meni" mensimabdi" deb
ko‘ngliga keltirilishi mumkin. Bir xil idish —tovoqning faqat mehmon
kutishdagina emas, oilada bolalarga bir xil munosabatda ekaningizni anglatishda
ham zo‘r ahamiyati bor.
Ikkinchidan, ovqatlanish asboblari va idish tovoqlarning chiroyli bo‘lishi
ro‘zg‘orning ziynati hamdir. Lekin ziynat deb bularni keragidan tashqari
ko‘paytirib yuborish, ishlatilmay chang bostirib qo‘yish aqliga muvofiq emasdir.
Ro‘zgorda kerak bo‘lmaydigan ortiqcha narsalarni saqlash bir tomondan uyni tor
qilib tursa, ikkinchi tomondan xonadonning didi pastligini bildiradi.
Quyida ro‘zg‘or uchun kerak bo‘ladigan asosiy bufet ashyolari va
ovqatlanish asboblarining qo‘yxati beriladi. 2-3 kishilik oilalar uchun:
1 ta samovar, 1 ta elektr choynak, 2 ta katta chinni choynak, 2 ta kichik chini
choynak, 3 ta har xil kattalikdagi tunuka yoki mis barkash, 6 ta katta piyola, 1 ta
kichik piyola, 1 ta olti kishilik choy servizi, 2 ta katta tova, 2 ta kichik tova, 2 ta
21
non lagancha, 6 ta qonfet tarelkasi, 1 ta oqqand ombiri, 1 ta katta limon vilkasi, 6
ta sovuq ichimliklar uchun stakan,ushbu ashyolar asosan non — choy uchun
ishlatiladi.
Issiq ovqatlar uchun: 1 katta chinni lagan, 1 ta katta sopol lagan, 2 ta
kichikroq chinni lagan, 1ta katta lagmon kosa, har biri 6 donadan, katta likop,
chuqur likop, chinni kosa, norin kosa, vakuska likopchasi, taqsimcha morojenoe
tovachasi, ovqat pichog‘i, vilka, temir qoshiq, yog‘‘och qoshiq, disert qoshiqchasi,
fujer, shampanskoe bakali, katta ryumka, o‘rtacha ryumka, kichik likyor ryumka
va bittadan katta grafin, kichik grafin, suv grafini,sut grafini, non tovasi, ikkita
salatnitsa hamda qalampir, tuz va sirka soladigan zirovordon bo‘lgani ma‘qul.
O‘zbekiston aholisi mehmondo‘stlikni yaxshi ko‘radi, buning uchun mexmonlarga
atab yuqorida ko‘rsatilgan idish va asboblarning ba‘zilarini ikki marta oshirishi
mumkin.
Oshxona pichoqlari, vilka va qoshiqlar bilan birga saqlansa tez o‘tmaslanib
qoladi.
Yangi sotib olingan alyumin idishlarni yog‘ solib qizdirib, tuz bilan ishqalab
artasiz, taomlarni qoraytirmaydigan bo‘ladi.
Chinni, fayans va shishadan yasalgan idishlarni yuvgandan keyin yaxshilab
quritish kerak. Agar bunday idishlarni sochiq bilan artadigan bo‘lsangiz sochiqning
tuklari yopishib uni yana iflos qilib quyadi.
Shuni esda tutish kerakki, tova yuvilmagan idish taomning sifatini bo‘g‘adi
va sog‘likka ham zarar etkazishi mumkin.
Alyumin idishga yopishib qolgan qora dog‘larni sirkaga botirilgan paxta
bilan artib, keyin yuvib tashlasangiz, top-toza bo‘ladi.
Oshxonada bajariladigan ishlar ichida eng ko‘p vaqt talab qiladigan jarayon
ovqat tayyorlashdir. Ovqat tayyorlash uchun oshxonada maxsus jihozlar bo‘lishi
lozim. Ular quyidagilar: idish quritiladigan moslamalar (bir qismi devorga
qo‘yiladigan yani bir qismi stol ustiga o‘rnatilgan), stol-shkaf, devoriy shkaf,
jovon, gaz plitasi, sovutgich, ovqat stoli, sochiqlar uchun shkaf, go‘sht tilimlash
uchun tortmali stol-shkaf, osma shkaf.
|