• Pishirilgan kartoshka.
  • Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlangan taom va garnirlar




    Download 219,59 Kb.
    bet26/53
    Sana01.02.2024
    Hajmi219,59 Kb.
    #149983
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
    Bog'liq
    Pazandachilik asoslari-fayllar.org

    Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlangan taom va garnirlar 
    Issiq taom yoki garnir tayyorlash uchun sabzavotlar bug‘ yoki suvda kartoshka, 
    sabzi tozalanib, qizilcha po‘sti bilan, jo‘xori so‘tasi bilan bargi olinmagan holda,
    ko‘k loviya o‘z po‘chog‘i va qo‘zoqchalarida, ko‘k no‘xat o‘z po‘chog‘i bilan, 
    quritilgan sabzavotlar avval bo‘ktirilgan holda pishiriladi.
    Sabzavotlar qaynab turgan suyuqlikka solinib yoki ustidan qaynoq suyuqlik 
    quyilib (sabzavot turiga qarab), tuz qo‘shib (1 litr suvga 10 gramm miqdorida tuz
    solinadi), idish qopqog‘i yopilgan holda qaynatib pishiriladi. Sabzavot yuzidagi 
    suyuqlik 1-2 santimetrdan oshmasligi kerak, chunki mo‘ljaldan ko‘p suyuqlikda
    sabzavotlarning ozuqalik qimmati ko‘plab yo‘qoladi. Pishishini tezlashtirish va 

    47
    ta‘mini o‘zgartirmaslik uchun qizilcha, sabzi, ko‘k no‘xat tuz qo‘shmay pishiriladi. 


    Ko‘k no‘xat, loviya, ismaloq bargi, sarsabil, artishok miqdori ko‘p qaynab turgan


    suvda (1 kg sabzavotga 3-4 litr suv solinadi) qopqog‘i ochiq holda pishirilishi 
    kerak. Shu usulda pishirilgan sabzavotning rangi ko‘proq saqlanib qoladi. Tez
    muzlatilgan sabzavotlar muzdan tushirilmay, qaynab turgan suvga solib pishiriladi. 
    Konservalangan sabzavotlar o‘zidagi suyuqlik bilan isitiladi va suyuqligi to‘kib
    olinib, suyuq osh, sardaklar uchun ishlatiladi. 
    Kartoshka va sabzining ozuqalik qimmatini, mazasini ko‘proq saqlab qolish
    uchun bug‘da pishirgan ma‘qul. Bug‘da pishirish uchun maxsus bug‘ qozonlaridan 
    yoki metall panjara, simdan yasalgan savat bilan jihozlangan oddiy qozonlardan
    foydalaniladi. 


    Pishirilgan kartoshka. Tozalangan bir xildagi mayda kartoshka (yirigi
    to‘g‘raladi) qalinligi 50 sm qilib idishga solinadi, ustidan qaynoq suv quyib, tuz 
    solinadi va olovga qo‘yib qaynatiladi. Qaynab chiqqan olov pasaytirilib, idish
    qopqog‘i yopilib, iste‘molga tayyor holga yetkazib pishiriladi. Kartoshka pishgach, 
    suyuqligi to‘kilib, usti qopqoq bilan yopilib, past haroratda 2-3 minut plita ustida
    ushlab biroz quritiladi. 
    Ba‘zi kartoshka navlari qaynatishda tez ezilib ketib, suvni shimib oladi.
    Natijada tayyor taomning mazasi yomonlashadi. Bunday kartoshkalar 15 minut 
    qaynatilgandan so‘ng suyuqligi to‘kilib, usti bekitilib, suvsiz qozonda paydo
    bo‘lgan bug‘ bilan tayyor holga keltiriladi. Bochkacha shaklida kesilgan kartoshka 
    ham shu usulda pishiriladi.
    Kartoshka kam porsiyalarda pishiriladi, chunki uzoq saqlash natijasida uning 
    mazasi, ozuqalik qimmati yo‘qoladi, rangi o‘zgaradi. Pishirilgan kartoshkadan
    alohida taom yoki go‘sht, baliq va boshqa taomlar uchun garnir sifatida 
    foydalaniladi.
    Tarqatishda pishirilgan kartoshka tarelka, porsion tovaga qo‘yilib, ustidan 
    sariyog‘, smetana yoki alohida ko‘kat bilan bezab beriladi. Bundan tashqari,
    pishirilgan kartoshkani piyozli qizil, tomat, smetana, piyozli smetana, qo‘ziqorin 
    sardaklari bilan tarqatish mumkin.


    48




    Download 219,59 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




    Download 219,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlangan taom va garnirlar

    Download 219,59 Kb.