|
Pazandachilik asoslari
|
bet | 27/53 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 219,59 Kb. | | #149983 |
Bog'liq Pazandachilik asoslari-fayllar.orgKartoshka pyuresi. Kartoshka pyuresini tayyorlashda tarkibida kraxmali
ko‘p bo‘lgan kartoshka navlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bir xildagi
tozalangan kartoshka pishiriladi, suyuqligi to‘kiladi, qopqog‘i yopib quritiladi,
issiq holida mashina yordamida eziladi. 80°C li sharoitda issiq kartoshka
tarkibidagi kraxmal kleysteri elastik bo‘lib, ezilganda o‘z holatini saqlab qoladi.
Sovib qolgan kartoshka to‘qimasi dag‘al bo‘lib, ezganda tarkibidagi kraxmal
donachalari yorilib, ajralib chiqadi. Shu sababli kartoshka pyuresi cho‘ziluvchan,
yopishqoq bo‘lib, ko‘rinishi va mazasi yomonlashadi. Ezilgan kartoshkaga eritib
qizdirilgan sariyog‘ yoki margarin solinib, issiq sut qo‘shilgan holda ko‘pirarli
darajada aralashtiriladi.
Tarqatishda kartoshka pyuresi likobchaga solinib, sariyog‘ quyib, ko‘kat sepib
beriladi. Kartoshka pyuresini yana qovurilgan piyoz, pishirib mayda chopilgan
tuxum solingan holda yoki sariyog‘ aralashtirib berish ham mumkin. Ko‘p hollarda
kartoshka pyuresi go‘sht, baliq taomlariga garnir sifatida qo‘shib beriladi.
1 kg kartoshka pyuresi uchun: 855 g tozalangan kartoshka, 35 g sariyog‘, 150
g sut ishlatiladi.
Sutda pishirilgan kartoshka. Kartoshkaning sutda pishishi qiyin. Shu
sababli avval suvda yarim tayyor holgacha pishiriladi. Po‘chog‘i tozalangan
kartoshka o‘rtacha kubik shaklida to‘g‘raladi, ustidan qaynab turgan tuzli suv
quyib 10 minut qaynatiladi, suyuqligi to‘kilib, ustidan qaynab turgan sut solinadi,
namagi me‘yoriga keltirilib, tayyor holga kelguncha qaynatiladi. Kartoshkaga
sovuq jazlangan un (un bilan sariyog‘ aralashmasi) solib, sekin aralashtirilgan
holda qaynatiladi.
Alohida taom yoki taomlarga garnir sifatida beriladi. Tarqatishda likobchaga
solib, ustidan sariyog‘ quyib, ko‘kat sepib dasturxonga tortiladi.
Sabzi yoki lavlagi pyuresi. Sabzi butun yoki mayda kesilib, oz suvda sariyog‘
yoki margarin, tuz qo‘shilgan holda qaynatiladi. Lavlagi po‘chog‘i bilan
pishiriladi, so‘ng po‘sti tozalanadi. Sabzi yoki lavlagi mashinada ezilib, o‘rta
quyulikdagi sut yoki smetana sardagi bilan aralashtirilib, qaynatib tayyor holga
keltiriladi. Taom yoki garnir sifatida ishlatiladi.
49
Tarqatishda likobchaga solinib, ustidan sariyog‘ yoki smetana quyib beriladi.
Sabzi 170 g, lavlagi 159 g, oshxona margarini 5 g, sut sardagi 75 g, sariyog‘ 5
g, yoki smetana 30 g, sof og‘irligi 210, 230 g.
|
| |