• Go’sht mahsulotlari bilan sarig’i qotirilmay qovurilgan tuxum.
  • Sof quymoq.
  • Aralash quymoq
  • Sarig’i qotirilmay qovurilgan tuxum garnir bilan




    Download 219,59 Kb.
    bet35/53
    Sana01.02.2024
    Hajmi219,59 Kb.
    #149983
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
    Bog'liq
    Pazandachilik asoslari-fayllar.org

    Sarig’i qotirilmay qovurilgan tuxum garnir bilan. Qovurilgan tuxum 
    uchun har xil garnir - kolbasa, sosiska, dudlangan yog‘liq go‘shtlar, qora non, ko‘k
    piyoz, qovoqcha, kartoshka, ko‘k loviya, qo‘ziqorin, ko‘k no‘xat, pomidorlar 
    ishlatiladi. Go‘sht mahsulotlari kubik, tilim-tilim, somoncha yoki parrak-parrak
    shaklda to‘g‘ralib, porsiyali tovada qovuriladi. Ko‘k loviya pishiriladi, 
    konservalangan ko‘k no‘xat isitiladi va eritilgan sariyog‘ bilan aralashtiriladi.
    Qovoqcha, baqlajon, xom yoki pishirilgan kartoshka tilim-tilim pomidor esa 
    parrak-parrak shaklida to‘g‘ralib, qovuriladi. g‘ora non qobig‘i tozalanib, kubik
    yoki tilim-tilim shaklda kesilib, qovuriladi. Tayyorlangan garnir yog‘ solingan 
    porsiyali tovaga solinib, ustidan chaqilgan tuxum sarig‘i butun holda qilib solib
    tuxum oqi quyuqlashguncha qovuriladi va tuxum oqiga tuz sepib iste‘molga tayyor 
    holga keltiriladi. Tarqatishda likobchaga solib, ko‘kat sepib beriladi. Agar pomidor
    bilan tayyorlanadigan bo‘lsa, qovurilgan tuxum ustidan qovurilgan pomidor qo‘yib 
    berilishi ham mumkin.

    Go’sht mahsulotlari bilan sarig’i qotirilmay qovurilgan tuxum. 
    Pishirilgan kolbasa, sosiska yoki dudlangan yog‘liq go‘sht tilim-tilim yoki parrak-
    parrak shaklda to‘g‘ralib, porsiyali tovada qizib turgan yog‘ga solinib 2-3 minut
    qovurilib, ustidan tuxum chaqib solinadi va yana 2-3 minut oqi quyuqlashguncha 
    qovurib, tuz sepiladi va iste‘molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda o‘zi
    qovurilgan porsiyali tovada beriladi. Tuxum 2 dona, oshxona margarini 13 g, 
    sosiska yoki pishirilgan kolbasa yoki yog‘liq go‘sht 34 g. Sof og‘irligi 105 g.

    Quymoqlar. Quymoqlarning qovurilgan tuxumlardan farqi shundaki, ularga
    sut, suv yoki qaymoq qo‘shib tayyorlanadi. Quymoqlar sof holda, aralash holda va 
    qiyma tiqib tayyorlanadi. Quymoqlar uchun tovuq tuxumi, melanj, quritilgan
    tuxum uni ishlatiladi. Ishlovdan o‘tib tayyorlangan tuxum sut, tuz bilan ko‘pirarli 
    darajada aralashtiriladi. Quymoq mahsulotiga biroz eritilgan sariyog‘ qo‘shish
    mumkin. 1 dona tuxum uchun 15 g sut berilishi mumkin. 


    Sof quymoq. Osti qalin cho‘yan tovaga yog‘ surtilib, tayyorlangan quymoq
    mahsuloti quyiladi. So‘ng pichoq bilan aralashtirilgan holda quyuqlashguncha 
    qovuriladi va chetlari bukilib gumma ko‘rinishi berilib, likobchaga choki pastga


    59
    qilib qo‘yiladi. Tarqatishda tayyorlangan quymoq ustiga sariyog‘ quyib yoki 


    ko‘kat sepib beriladi.



    Aralash quymoq xuddi sof quymoqqa o‘xshash qovuriladi. Aralashtirib
    tayyorlangan quymoq mahsulotiga mayda to‘g‘ralgan sabzavot yoki qo‘ziqorin, 
    go‘sht mahsuloti, qirilgan pishloq solib aralashtiriladi va qovuriladi.


    Download 219,59 Kb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




    Download 219,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sarig’i qotirilmay qovurilgan tuxum garnir bilan

    Download 219,59 Kb.