• Chala pishirilgan tuxum.
  • To’la pishirilgan tuxum.
  • Yumshoq pishgan, (ilitilgan) tuxum




    Download 219,59 Kb.
    bet33/53
    Sana01.02.2024
    Hajmi219,59 Kb.
    #149983
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
    Bog'liq
    Pazandachilik asoslari-fayllar.org

    Yumshoq pishgan, (ilitilgan) tuxum. Qaynab turgan tuzsiz suvga ishlovdan
    o‘tgan tuxum solinib, 2,5-3 minut qaynatiladi va sovuq suvda chayib iste‘mol 
    qilinadi. Bunda tuxum oqi biroz quyuqlashgan, sarig‘i esa suyuq holda bo‘ladi.
    Asosan, ertalabki nonushtaga 1-2 donadan likobchaga yoki maxsus idishga issiq 
    holda qo‘yib beriladi. Tuxumga qo‘shimcha non va sariyog‘ ham berish mumkin.

    Chala pishirilgan tuxum. Qaynab turgan tuzsiz suvga ishlovdan o‘tgan
    tuxum solinib 4,5-5 minut qaynatiladi. Sovuq suvda chayilib, po‘chog‘i bilan yoki 
    po‘chog‘i tozalanib likobchada iste‘molga tarqatiladi. Po‘chog‘i tozalanib, tiniq
    qaynatmaga solib ham beriladi. Bu usulda pishirilgan tuxumlar tarkibidagi oqsil 
    mahsulotining po‘chog‘iga yaqin qismigina quyuqlashadi, sarig‘i va sarig‘iga
    yaqin qismi esa yumshoqligicha qoladi. Bu usulda pishirilgan tuxum kesimi o‘z 

    56
    holatiga ko‘ra «xaltacha ko‘rinishda» pishgan tuxumga o‘xshash, ya‘ni 


    quyuqlashgan tuxum oqi xaltachani eslatadi.



    To’la pishirilgan tuxum. Ishlovdan o‘tgan tuxum qaynab turgan tuzli suvda
    10-12 minut qaynatilib, sovuq suvda chayilib, po‘sti tozalanmay iste‘molga 
    tarqatiladi. Tozalangan holda salatlar, sovuq taomlar, suyuq taomlar, sardaklar
    qiymaga aralashtirish uchun ishlatiladi. To‘la pishirilgan tuxumning oqi va sarig‘i 
    quyuq, zich ko‘rinishda bo‘ladi. Agar tuxum uzoq muddatda qaynatilsa zichlanish
    darajasi davom etaverishi natijasida qattiq holga kelib, hazm bo‘lishi qiyinlashadi. 
    Tuxum tuzli suvda pishirilganda tuxum ichidagi bosimga nisbatan yuqoriroq
    sun‘iy osmatik bosim hosil qilinadi. Shu sababdan tuxum suvga solganda yorilsa 
    tuz solish natijasida uning suvga oqib chiqishi to
    l
    xtaydi. To‘la pishirilgan luxum 

    sovuq suvga solib sovitiladi. Agar sovuq suvda sovitilmasa, oqsil tarkibidagi


    oltingugurtli vodorod birikmasi bilan tuxum sarig‘idagi temir elementlari o‘zaro 
    reaksiyaga kirishib temirli oltingugurt birikmasini hosil qiladi va tuxum sarig‘i
    ustida qoramtir dog‘ hosil bo‘ladi. Bunday hodisaning oldini olish uchun 
    pishirilgan tuxum qaynoq suvdan olinib, sovuq suvda sovitilishi kerak.
    Po‘choqsiz holda tuxumni pishirish. Kastryulkadagi suvni qaynash darajasiga 
    ko‘tarib, tuz, sirka solib, aylanma holda aralashtirib, o‘rtasidagi o‘rama
    chuqurlikka tuxum chaqib solinadi va 3-4 minut davomida past darajada 
    qaynatiladi. Bunda ajralib chiqqan oqsillar pichoq bilan taniga yopishtirib turiladi.
    Tuxum sarig‘i suyuqroq bo‘lib, tuxum oqining o‘rtasida joylashishi kerak. 
    Bunday usulda pishirilgan tuxumlar sovuq yoki issiq holda berilishi mumkin.
    Tarqatishda qovurilgan oq bulka non ustiga qo‘yib, ustidan sardak quyib yoki issiq 
    go‘sht taomlariga qo‘shib beriladi. Bu usulda tuxumni pishirish uchun 1 l suvga 50
    g sirka, 10 g tuz solinadi. 



    Download 219,59 Kb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




    Download 219,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yumshoq pishgan, (ilitilgan) tuxum

    Download 219,59 Kb.