• Tuxumni pishirish
  • Pazandachilik asoslari




    Download 219,59 Kb.
    bet32/53
    Sana01.02.2024
    Hajmi219,59 Kb.
    #149983
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
    Bog'liq
    Pazandachilik asoslari-fayllar.org

    Quritilgan tuxum tarkibida tuxum oqi va sarig‘i quritilgan holda bir xil
    aralashgan bo‘ladi. Bir dona tuxum hisobiga (40 g) 11,2 g quritilgan tuxum 
    melanjdan tayyorlanadigan taomlar uchun ishlatiladi. Quritilgan tuxum elanib, iliq
    yoki sovuq suv yoki sutda (1:3,5 hisobida) aralashtirib, 30 minut davomida 
    bo‘ktirib qo‘yiladi va tayyor bo‘lgan zahoti ishlatiladi. Tuxumlarning sifati
    ovoskop yordamida aniqlanadi. Ishlatishga yaroqli tuxum yuviladi yoki tuz bilan 
    ishqalanadi. Tuxum po‘stlog‘i yorilib ketmasligi uchun qattiq sovitilgan tuxum
    ma‘lum vaqt uy haroratida saqlanadi. Tuxum tarkibidagi oqsil issiqlik ta‘sirida 
    quyuqlashadi. Bu hodisa koagulyatsiyalanish deyiladi. Go‘sht va baliq oqsillaridan
    farq qilgan holda tuxum oqsillari issiqlik ta‘sirida o‘z tarkibidan suyuqlik 

    55
    ajratmaydi. Koagulyatsiyalanish jarayoni 50°C da boshlanib 80-85°C ga borib 


    tugaydi. Tuxum oqsili quyuqlashib qoladi. Tuxum sarig‘i va aralashtirilgan


    taomning quyuqlashishi 70°C haroratda amalga oshadi. Agar tuxumlarga suv yoki 
    sut, tuz, shakar solib aralashtirib taom tayyorlansa, oqsillarning g‘ovakligi oshib,
    yumshoq holda koagulyatsiyaga uchraydi. Sof holda pishirilgan tuxumlar esa 
    koagulyatsiyaga qattiq holda uchrab, kishi tanida kech hazm bo‘ladi. Shu
    sabablarga ko‘ra quymoqlarda tuxum bo‘tqalarining g‘ovaklik darajasi qancha 
    yuqori bo‘lsa, zichlashgan miqdori shuncha kam, hazm bo‘lish jarayoni shuncha
    tez bo‘ladi. Issiq ishlov berilishiga qarab tuxum taomlari qovurilgan, qaynatib 
    pishirilgan, yopib tayyorlangan bo‘ladi. Parhez taomlarini tayyorlashda bug‘da
    pishirish usuli qo‘llanadi. 


    Tuxumni pishirish: tuxum po‘chog‘i bilan yoki po‘chog‘idan ajratib
    pishiriladi va maxsus moslamalar bilan jihozlangan tuxum pishiruvchi idish, 
    kastryulka, chuqur temir tova, maxsus to‘rli qozonlardan foydalaniladi. Bu
    moslamalar yordamida tuxumlarni suvga solish va suvdan olish osonlashadi. Bir 
    dona tuxumni pishirish uchun 250- 300 gramm suv ishlatiladi. Pishirish uchun
    ketgan vaqtga qarab tuxum turlicha yumshoqlikda (yumshoq pishgan, chala 
    pishgan va to‘la pishgari) pishadi.


    Download 219,59 Kb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




    Download 219,59 Kb.