|
Pazandachilik asoslari
|
bet | 29/53 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 219,59 Kb. | | #149983 |
Bog'liq Pazandachilik asoslari-fayllar.orgKartoshka kotleti. Ishlovdan o‘tgan kartoshka pishiriladi, quritilib, issiq
holda eziladi, so‘ng 40- 50°C gacha sovitilib, xom tuxum qo‘shib yaxshilab
aralashtiriladi.
Aralashmaga 10-15 gramm jazlangan piyoz qo‘shish mumkin. So‘ng
aralashma porsiyaga taqsimlanadi va un yoki urvoqqa belanib kotlet shakli
beriladi. Tayyorlangan kartoshka kotleti tovada qizdirilgan yog‘ga solinib ikki
yoqlama qobiq hosil qilib qovuriladi va qovurish shkafiga qo‘yib iste‘molga tayyor
holga keltiriladi. Tarqatishda kartoshka kotleti likobchaga qo‘yilib, ustidan
sariyog‘ yoki margarin sepib, bir chetiga smetana yoki smetana sardagi quyib
beriladi. Smetana va sardaklar alohida idishda berilishi ham mumkin.
Kartoshka zrazilari. Kartoshkani xuddi kartoshka kotletiga o‘xshash
pishirib, mahsulot qo‘shib tayyorlanadi. Porsiyaga taqsimlab, obinon shakli berilib
o‘rtasiga qiyma solinadi, chetlari bukilib, yemirilgan g‘isht shakli berilib, un yoki
urvoqqa belanadi va tovadagi qizib turgan yog‘ga solib ikki yoqlama qobiq hosil
qilib qovuriladi. So‘ng qovurish shkafiga solib iste‘molga tayyor holga keltiriladi.
Qiyma tayyorlash uchun: piyoz somoncha shaklida to‘g‘ralib jazlanadi,
to‘la pishirib chopilgan tuxum, ko‘kat, yanchilgan murch bilan aralashtiriladi.
Tuxum o‘rniga pishirib, mayda chopilgan qo‘ziqorin yoki somoncha shaklida
to‘g‘ralib, margarin bilan biroz suyuqlikda yumshoq pishirilgan sabzi qo‘shilishi
ham mumkin.
Tarqatishda kartoshka zrazisi likobcha yoki laganchaga suzilib, ustidan
sariyog‘ yoki margarin sepiladi. Smetana yoki tomat, qo‘ziqorin sardagi alohida
idishda yoki zrazi yoniga qo‘yib berilishi mumkin.
Kartoshka 241 g, tuxum 1/10 dona, bosh piyoz 48 g, margarin 5 g, tuxum 1/2
dona, urvoq yoki bug‘doy uni 12 g, oshxona yog‘i 10 g, oshxona margarini yoki
51
sariyog‘ 10 g, yoki smetana 20 g yoki sardak 75 g. Sof og‘irligi: yog‘ bilan 210 g,
smetana bilan 220 g, sardak bilan 275 g.
|
| |