• Sut sardagida yopilgan tuxum.
  • Qovurilgan kartoshkali yopilgan quymoq




    Download 219,59 Kb.
    bet37/53
    Sana01.02.2024
    Hajmi219,59 Kb.
    #149983
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
    Bog'liq
    Pazandachilik asoslari-fayllar.org

    Qovurilgan kartoshkali yopilgan quymoq. Ishlovdan o‘tgan kartoshka
    kubik yoki tilim-tilim shaklida to‘g‘ralib, chuqur temir tovada qovuriladi va 
    ustidan quymoq mahsuloti quyilib iste‘molga tayyor bo‘lguncha qovurish shkafida
    yopiladi. biroz sovitilib, to‘rtburchak, uchburchak shaklida porsiyasiga 1 dona 
    hisobida kesib, likobchaga qo‘yib, ustidan sariyog‘ quyib beriladi. Tuxum 3 dona,
    sut 45 g, kartoshka 100 g, oshxona margarini 10 g, sariyog‘ 5g. Sof og‘irligi 205 g. 


    Drachena. Quymoqdan farqi shundaki, tayyorlanishda un va smetana qo‘shib
    tayyorlanadi. Ishlovdan o‘tgan tuxum idishga chaqilib tuz, sut bilan aralashtirilib, 
    ustidan elangan un (jazlangan undan foydalanish ham mumkin) qo‘shib chilcho‘p
    yordamida ko‘pirarli darajada aralashtiriladi va elakdan o‘tkaziladi. Tayyorlangan 
    mahsulotga sariyog‘ yoki smetana ham qo‘shish mumkin. Chuqur temir yoki
    cho‘yan tovaga yog‘ surib 1 sm gacha qalinlikda tayyorlangan mahsulotdan quyib, 
    qovurish shkafiga qo‘yib, yuzaki qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha yopiladi va shu
    zahoti iste‘molga tarqatiladi. Buning uchun porsiyaga taqsimlab, likobchaga solib, 
    ustidan sariyog‘ quyib beriladi. Agar yopilgan drachena uzoqroq muddat saqlansa,
    tashqi ko‘rinishi va mazasi yomonlashadi. 


    Sut sardagida yopilgan tuxum. Oq bo'lka non kesib qovuriladi. Buning
    uchun non qobig‘idan tozalanib, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida kesilib, o‘rtasi biroz 
    kesib tashlanib chuqurroq holga keltiriladi va sariyog‘da ikki yoqlama qovuriladi.
    Tuxum «xaltacha» usulida pishirilib, po‘chog‘i tozalanadi. Dog‘langan porsiyali 

    61
    tovaga qovurilgan non qo‘yib, ustidan tuxum, uning ustidan o‘rta quyuqlikdagi sut 


    sardagi quyiladi, ustiga qirilgan pishloq sepilib, yog‘ purkaladi, qovurish shkafida


    sarg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha yopib, iste‘molga tayyor holga keltiriladi. 
    Tarqatishda porsiyali tovada ustidan sariyog‘ quyib beriladi. Tuxum 2 dona,
    bug‘doy noni 20 g, sariyog‘ 10 g, sardak 100 g, pishloq 6,5 g. Sof og‘irligi 175g



    Download 219,59 Kb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




    Download 219,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qovurilgan kartoshkali yopilgan quymoq

    Download 219,59 Kb.