|
Pazandachilik asoslari
| bet | 45/53 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 219,59 Kb. | | #149983 |
Bog'liq Pazandachilik asoslari-fayllar.org«Bahor» salati. Ishlovdan o‘tgan rediska, yangi bodring tilim-tilim qilib,
salat bargi kvadrat shaklida, ko‘k piyoz mayda to‘g‘ralib, tuz, murch, smetana
bilan aralashtiriladi va likobcha yoki salat idishga uyib solinadi, atrofi pishirib
shakl berib kesilgan tuxum, ko‘kat bilan bezaladi. Agar salatga bodring qo‘shilmay
tayyorlansa, uning evaziga rediska va salat bargi miqdori oshirilishi mumkin.
Salat bargi 42 g, rediska 40 g, yangi bodring 40 g, ko‘k piyoz 25 g, tuxum 1/2
dona, smetana 40 g. Sof og‘irligi 200 g.
«Yoz» salali. Pishirib, tozalanib tilim-tilim shaklida to‘g‘ralgan kartoshka‘va
bodring, pallacha shaklida to‘g‘ralgan pomidor, 3-4 bo‘lakka bo‘lingan salat bargi,
mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz, ishlovdan o‘tgan ko‘k no‘xat, tuz, murch, smetana
hamtnasi aralashtiriladi va salat idishiga yoki likobchaga uyib solinadi, yangi
bodring parragi, pishirilgan tuxum, pallacha shaklda to‘g‘ralgan yangi pomidor,
ko‘kat bilan bezaladi.
Sabzi salati. Yangi sabzi ishlovdan o‘tkazilib, mayda somoncha shaklida
to‘g‘raladi yoki mayda ko‘zli qirg‘ichdan o‘tkaziladi, smetana, shakar, tuz bilan
aralashtirib, likobcha yoki salat idishiga uyib solinadi va ko‘kat bilan bezaladi.
Salatga mayda to‘g‘ralgan olma yoki qora obco‘ri qo‘shish mumkin. Ular avval
bo‘ktirilib, danagi olib tashlanishi lozim.
Yangi pomidor salati. Yangi pomidor band atrofidan kesib tashlangandan
so‘ng parrak-parrak shaklida to‘g‘ralib, likobcha yoki salat idishga solinib, yoniga
70
ko‘k yoki bosh piyoz to‘g‘ralib qo‘yiladi, ko‘kat bilan bezalib, ustidan tuz, murch,
salat sardagi yoki smetana quyib beriladi. Salatni piyozsiz tarqatish ham mumkin.
Piyozli sho’r bodring salati. Ishlovdan o‘tgan sho‘r bodring tilim-tilim
shaklida to‘g‘ralib, mayda to‘g‘ralgan bosh yoki ko‘k piyoz, dog‘langan o‘simlik
yog‘i bilan aralashtirib, likobcha yoki salat idishiga uyib solinib, ko‘kat bilan
bezaladi.
|
| |