69
solinadi, atrofi pallacha shaklda kesilgan pishgan tuxum bilan bezalib, ustidan
smetana quyib beriladi.
Rediska salati. Qizil rediska
barg va uch qismidan tozalanib, yaxshilab
yuviladi. Oq rediskaning po‘sti tozalanishi lozim. Tayyorlangan rediska parrak-
parrak shaklida to‘g‘raladi. Ishlovdan o‘tgan ko‘k piyoz mayda to‘g‘ralib, tuz,
rediska
bilan aralashtirilib, salat idishga uyib solinadi, atrofi pishirib pallacha
shaklda to‘g‘ralgan tuxum va ko‘kat bilan bezalib, ustidan salat sardagi yoki
smetana quyiladi. Yana tuxum sarig‘i ajratilib kesib ichiga qo‘shilishi, oqi esa
mayda to‘g‘ralib, to‘g‘ralgan ko‘kat bilan aralashtirilib, salat ustidan sepib berilishi
ham mumkin.