72
«Markaz» salati. Parranda go‘shti pishirilib, go‘shti ajratilib yupqa va tilim-
tilim shaklida kesiladi. Pishirilgan kartoshka, sho‘r bodring
tilim-tilim, salat bargi
yirikroq qilib to‘g‘raladi. Tilim-tilim kesilgan parranda go‘shti, kartoshka, bodring,
tuz, mayonez va «Yujniy» sardaklari aralashtiriladi. Likobcha yoki salat idishiga
salat bargi terilib, ustiga
salat uyub solinadi, atrofi yupqa kesilgan parranda go‘shti,
pallacha kesilgan pishgan tuxum, qisqichbaqa bo‘yni
yoki krivetka, bodring,
ko‘katlar bilan bezaladi. Salat smetanali mayonez yoki oq sardak bilan tayyorlansa
ham bo‘ladi.
Baliq salati. Pishirilgan kartoshka, yangi yog‘i sho‘r bodring tilim-tilim yoki
kubik shaklida to‘g‘ralib, ishlovdan o‘tgan ko‘k no‘xat bilan birga mayonez,
«Yujniy» sardagi aralashtirib tayyorlanadi. Pishirib
yupqa kesilgan baliq
bo‘laklarini ham qo‘shsa bo‘ladi. Likobcha yoki salat idishiga salat bargi yoyilib,
ustiga uyub salat solinadi, atrofi baliq, bodring, pomidor, ko‘kat bilan bezaladi. Bu
salatni laganda tarqatsa ham bo‘ladi. Buning uchun lagan o‘rtasiga uyub salat
solinadi. Atrofi sabzavotlar bilan bezaladi va salat sardagi quyiladi. Undan qolgan
mahsulot kesilib, to‘p-to‘p qo‘yilib bezab tarqatilishi ham mumkin. Krablardan va
treska jigaridan ham xuddi shu usulda salatlar tayyorlanishi mumkin.