67
Ta’limiy:O‘quvchilarga sabzavotlardan yaxna ta‘limiy tayyorlay olish.Yaxna
taomlarni did bilan bezatib dasturxonga torta olishni o‘rgatish.
Tarbiyaviy: O‘quvchilarga sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash ularning
sifatiga va saqlanishiga qo‘yiladigan talablar,yaxna
taomlarni did bilan
bezatib,dasturxonga tortish tartibibni bilish.
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarga yaxna taomlar tayyorlashni o‘rganish va
ulardan foydalanish haqida umumiy ma‘lumot berish.
Dars shakli: nazariy,amaliy.
Dars uslubi: ko‘rgazmali,og‘zaki.
Darsning jihozi: M.Mo‘minova ―Ovqat tayyorlash jarayoni‖ kitobi,
albomlar, rasmlar, plakatlar, slaydlar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. a)Salomlashish,o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini
tekshirish,davomatni aniqlsh,o‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkazish.
b)Davomatni tekshirish navbatchi tayinlash ishni boshlashdan avval mehnat
xavfsizligi va sanitariya gigiyena qoidalariga muvofiq o‘z o‘rnini tayyorlash,
maxsus kiyimlarni kiyib olish.
O’tilgan mavzuni so’rash.
1.Buterbrodlar qanday tayyorlanadi.
2.Sovuq va issiq ichimliklarga nimalar kiradi.
Yangi mavzu bayoni.
Salatlar yangi,
pishirilgan, achitilgan, marinovka qilingan,
tuzlangan, tuzlab
muzlatilgan sabzavot, qo‘ziqorin,
dukkaklilar, yangi yoki konservalangan meva,
sitrus mahsulotlaridan tayyorlanadi. Ba‘zi hollarda salatlar go‘sht, baliq, parranda
tuxum dengiz va boshqa mahsulotlardan qo‘shib tayyorlanishi ham mumkin.
Salatlarga yumshoqligini oshirish uchun smetana, mayonezlar qo‘shiladi. Bu
mahsulotlar qo‘shib tayyorlangan salat 1 soat davomida istemolchilarga tarqatilish
kerak.
Kesib tayyorlangan, lekin nordon qaymoq, mayonez qo‘shilmagan
mahsulotlarni muzxonalarda 4-8°C li haroratda 12 soat davomida saqlash mumkin.
68
Bundan uzoqroq muddatda saqlansa shamol tegib, yuzi qotib qolib, mahsulot va
taom sifati o‘zgaradi, C darmondorisining miqdori kamayadi.
Yangi yoki pishirilgan sabzavotlar salatlar uchun kubik,
tilim-tilim, parrak-
parrak, somoncha shakllarida to‘g‘raladi. Salatlar o‘zi alohida taom sifatida salat
idishlarida yoki mayda likobchalarda beriladi. Ko‘kat va sabzavot salatlari go‘sht,
baliq taomlari uchun qo‘shimcha garnir sifatida berilishi mumkin. Salatlarni
bezash uchun ko‘kat, salat barglari, ko‘k piyoz, ukrop, petrushka, tuxum, go‘sht,
baliq, meva, sitrus mevalari va boshqa salat tarkibiga kirib, o‘z rangi bilan salatni
bezashga yordam beruvchi mahsulotlardan (qizil
qalampir, pomidor, bodring)
foydalaniladi.
Salatlarni bezashni ikki xil usulda olib borish mumkin.
Birinchi usulda:
to‘g‘rab, muzxonada saqlangan salat mahsulotlari aralashtirilib, sardak yoki
smetana, tuz, ziravor bilan yana bir aralashtirilib, idishga uyib solinib, ko‘kat bilan
bezaladi.