• Sof qora kofe.
  • Sutli kofe.
  • Pazandachilik asoslari




    Download 219,59 Kb.
    bet41/53
    Sana01.02.2024
    Hajmi219,59 Kb.
    #149983
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
    Bog'liq
    Pazandachilik asoslari-fayllar.org

    Sof kofe. Umumiy ovqatlanish korxonalariga kofe qovurilgan donador holda
    va yanchilgan holda keltiriladi. Yanchilgan kofe turpi bilan yoki turpsiz holda 
    tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Kofening muhim tarkibiy qismi kofein bo‘lib,
    o‘ziga xos ta‘sir etuvchi xususiyati bilan boshqa mahsulotlardan farqlanadi. Kofe 
    tarkibida oqsil, yog‘, shakar bo‘lib, bu uning ozuqalik qimmatini belgilaydi.
    Umumiy ovqatlanish korxonalariga sof kofedan tashqari kofeli ichimliklar ham 
    keltiriladi. Ular suli, soya yoki jelud va boshqa mahsulotlardan sof kofe qo‘shilgan
    yoki qo‘shilmagan holda tayyorlanadi. Sof kofe qo‘shilgan holda «Nasha marka», 
    «Arktika», «Do‘stlik», kofe qo‘shilmagan holda «Oltin boshoq» kofe ichimliklari
    tayyorlanadi. Kofe tayyorlashning bir necha usuli bor. Biroq bu usullarning 

    65
    barchasi quruq kofe tarkibidagi xushxo‘r ekstrakt moddalarni xushta‘m ichimlikka 


    aylantirishdan iborat. Agar quruq kofe donachalari ichimlik tayyorlashdan avval


    yanchilib suyuqlikda aralashtirilsa, kofe sifati yuqori darajada bo‘ladi. Yirikroq 
    yanchilgan kofening xushxo‘rligi ko‘proq saqlanib, rangi tiniq bo‘ladi. Kofelarni
    yanchish uchun tegirmon, kofe yanchuvchi mashinalardan foydalanish mumkin. 
    Umumiy ovqatlanish korxonalarida kofe tayyorlash uchun maxsus
    «Ekspress» kofe pishirgich, qopqog‘i zich bekiladigan kofe pishiruvchi idishdan 
    foydalaniladi va sof qora kofe, sutli yoki qaymoqli kofe, limonli kofe,
    ko‘pirtirilgan qaymoqli kofe, sharqcha kofe, muzqaymoqli kofe tayyorlanadi. 


    Sof qora kofe. Elektr kofe pishirish asbobida kofe tayyorlash uchun
    yanchilgan kofe suv qaynashidan 5-6 minut avval asbobning setkasiga solinadi. 
    Pishirish jarayonida kofedan ta‘mli va xushxo‘r moddalar ajralib chiqadi.
    Ichimlikning ta‘mini yaxshilash uchun kofe pishgandan so‘ng 5-8 minut apparatda 
    saqlanadi. Maxsus kofe pishiruvchi asbobda kofe tayyorlashdan avval idish qaynoq
    suv solib chayqaladi, ustidan qaynoq suv quyiladi va qaynatiladi. Kofe ko‘tarila 
    boshlagach uni qizdirish to‘xtatiladi, idish qopqog‘i yopilib, 5-8 minut tindiriladi.
    Agar kofe kastryulkada tayyorlansa, uni elak yoki dokadan suzib o‘tkaziladi. 
    «Ekspress» kofe pishirish asbobida tayyorlanganda esa ichimlikning quyqasi
    bo‘lmaydi. Kofelarni tarqatishda 75, 100 g hajmli stakan yoki kofe idishlaridan 
    foydalaniladi. Kofeni shakar, limon, maxsus idishda sut, qaymoq bilan ham
    tarqatish mumkin. 


    Sutli kofe. Tayyor qora kofega qaynab turgan sut, shakar qo‘shib
    aralashtirilib qaynatiladi. Stakan tagiga taqsimcha qo‘yib, kofe idishida 
    taqsimchaga qo‘yilgan holda tarqatiladi.


    Download 219,59 Kb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




    Download 219,59 Kb.