74
Yopiq buterbrodlar (sandvichlar). Oq baton non qobig‘i tozalanib,
ko‘ndalangiga ikkiga bo‘linib, uzunasiga 0,5 sm qalinlikda yupqa kesiladi. Non
ustidan sariyog‘ surtilib, ustidan yupqa kesilgan mahsulot (go‘sht, baliq,
baliq
uvuldurug‘i yoki pishloq va hokazo) qo‘yib, ustidan sariyog‘ surtilgan ikkinchi
non bo‘lagi bilan berkitilib, yengil bosib qo‘yiladi va kengligi 7-8
sm qilib
kesiladi. Sandvichlar 2 yoki 3 qavatli yoki aralash mahsulotli qilib tayyorlanadi.
Bunday usulda tayyorlangan buterbrodlarga bug‘doy uni bulochka-nonchalari
bilan tayyorlanadigan dorojniy buterbrodlar kiradi. Buning uchun noncha
ko‘ndalangiga o‘rtasidan kesilib, bir cheti o‘zaro
ilinadigan holda qoldirilib,
kesilgan yuzaga yupqa sariyog‘ surtilib, noncha orasiga yupqa kesilgan mahsulot
qo‘yiladi. Mahsulot bilan birga yangi yoki konservalangan, achchiq bo‘lmagan
qalampir, ko‘k piyoz va boshqalar yupqa kesib qo‘yilishi mumkin. Mahsulot
sifatida pishloq, kolbasa, qovurilgan yoki pishirilgan go‘sht,
kotlet va boshqalar
ishlatiladi.