• Ikkinchi usul
  • Qizil o’zakli karam salati.
  • Pazandachilik asoslari




    Download 219,59 Kb.
    bet46/53
    Sana01.02.2024
    Hajmi219,59 Kb.
    #149983
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
    Bog'liq
    Pazandachilik asoslari-fayllar.org

    Oq o’zakli karam salati. Bu salat ikki usulda tayyorlanadi.

    Birinchi usulIshlovdan o‘tgan yangi karam somoncha shaklida to‘g‘raladi.
    Katta kastryulkaga solib, tuz (1 kg karamga 15 g tuz) 3% li sirka solinib plita 
    ustida aralashtirilgan holda hajmi kamayib, biroz yumshaguncha isitiladi.
    Tayyorlangan karam plita ustidan olinib sovitiladi, ishlovdan o‘tgan maymunjon, 
    o‘simlik yog‘i, shakar, ishlovdan o‘tib mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz yoki sabzi
    qo‘shib aralashtiriladi. Tarqatishda ustiga mayda to‘g‘ralgan piyoz sepib beriladi. 
    Karamni plita ustida isitishda kuzatib borish lozim. U juda yumshoq, holga
    kelguncha isitilmasligi kerak. Chunki uning kursillash xususiyati yo‘qolib, sifati 
    buziladi.

    Ikkinchi usul. Karam ishlovdan o‘tkazilib, mayda somoncha shaklida
    to‘g‘raladi, tuz bilan aralashtirib, biroz yumshaguncha qo‘lda eziladi va shakar, 
    sirka, dog‘langan o‘simlik yog‘i qo‘shib aralashtiriladi. Oq o‘zakli karam salatini
    tayyorlashda yangi tuzlangan olma, marinadlangan obco‘ri yoki olcha, uzum, 
    maymunjon, yangi sabzi ham qo‘shish mumkin. Agar marinadlangan mevalar
    qo‘shib tayyorlansa sirka o‘rniga marinaddan qo‘shilsa salatning xushxo‘rligi 
    oshadi. Bunda salat vazni biroz oshib ishlov berish vaqti tejaladi. Salat uchun
    qattiq karamlarni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Salatlarga meva 
    qo‘shmay tayyorlash ham mumkin. Yangi karam 102 g, maymunjon 15 g, ko‘k
    piyoz 15 g yoki sabzi 15 g, 3% li sirka 15 g, shakar 7 g, o‘simlik yog‘i 7 g. Sof 
    og‘irligi 150 g.

    Qizil o’zakli karam salati. Ishlovdan o‘tgan qizil o‘zakli karam somoncha
    shaklida to‘g‘raladi, qaynoq suvga bir botirilib, suyuqligi silqitiladi, mayda tuz (1 
    kg karamga 15 g tuz) sepib aralashtiriladi va 15-20 minut ushlanib, biroz yumshab,


    71
    suyuqligi ajraguncha eziladi. Siqib suyuqligidan ajratib olinib, sirka bilan 


    aralashtirib, sovuq xonada 1,5-2 soat ushlanib, dolchin va qalampirmunchoq


    qaynatilgan shakarli suv bilan aralashtiriladi. Tarqatishda likobcha yoki salat 
    idishiga uyub solib ustidan dog‘langan o‘simlik yog‘i quyib beriladi. Qalam-
    pirmunchoq shakarli suvini tayyorlash uchun suvga qalampirmunchoq solib 
    qaynatiladi. Biroz qaynagach usti yopilgan holda 30 minut stol ustida tindiriladi va
    suyuqligi suzib olinadi. Tarqatishda ustiga o‘simlik yog‘i quyib beriladi. Bu salat 
    xuddi oq o‘zakli karam salatiga o‘xshash tayyorlanishi, alohida taom yoki garnir
    sifatida ishlatilishi. 



    Download 219,59 Kb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




    Download 219,59 Kb.