• Ko’pirtirilgan qaymoqli kofe (venacha kofe).
  • Sharqcha kofe (cho’kmali kofe).
  • «Shirin quyuqlashgan sutli sof kofe» konservasidan ta\ vorlarigan kofe.
  • Sutli kakao.
  • Pazandachilik asoslari




    Download 219,59 Kb.
    bet42/53
    Sana01.02.2024
    Hajmi219,59 Kb.
    #149983
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
    Bog'liq
    Pazandachilik asoslari-fayllar.org

    Varshavacha sutli kofe. Odatdagicha qora kofe tayyorlanadi. Unga sut
    qo‘shilishini hisobga olib quyuqroq tayyorlanadi. Pishirib suzib olingan kofega 
    qaynoq sut, shakar qo‘shib qaynatiladi. Tarqatishda stakan yoki kofe idishlariga
    quyib beriladi. Ustiga qaynatishda ajratib olingan sut qaymog‘idan solib berish 
    ham mumkin.


    66



    Ko’pirtirilgan qaymoqli kofe (venacha kofe). Qora kofe tayyorlanib 
    stakanga quyiladi, ustiga shakar uni bilan birga ko‘pirtirilgan qaymoq quyiladi.
    Ko‘pirtirilgan qaymoq mahsulotini qandolatchilik qopchig‘idan chiqarib qo‘shish 
    ham mumkin.

    Sharqcha kofe (cho’kmali kofe). Yanchilgan kofe maxsus idishga (turkuga)
    solinadi, ustidan shakar solib sovuq suv quyiladi va qaynatiladi. Tarqatishda kofe 
    turkuda yoki kofe idishida beriladi. Alohida idishda esa qaynatib sovutilgan suv
    beriladi. 


    «Shirin quyuqlashgan sutli sof kofe» konservasidan ta\ vorlarigan kofe. 
    Kofe va shirin quyuqlashgan sut qaynoq suvda bir xil suyuqlik holiga kelguncha 
    aralashtirib qaynatiladi va iste‘molga tortiladi.

    Kofeli ichimlik. Kofeli ichimlik mahsuloti idishga solinib, ustidan qaynab
    turgan suv quyiladi, qaynatilib, 3-5 minut tindiriladi. So‘ng uni boshqa idishga 
    quyib, shakar, qaynoq sut qo‘shib yana qaynatiladi. Umumiy ovqatlanish
    korxonalariga kakao va shokolad quruq un ko‘rinishida keltiriladi. Shokolad 
    tarkibida ma‘lum darajada shakari bo‘ladi. Kakao va shokolad tarkibida yog‘i
    bo‘lgani sababli, ularning ozuqaviy ahamiyati yuqori hisoblanadi. Bundan tashqari, 
    ularning tarkibida asab to‘qimalariga, yurak faoliyatiga ta‘sir etuvchi moddalar
    ham bor. 


    Sutli kakao. Kakao uni shakar bilan aralashtirilgandan so‘ng ustidan ozroq
    qaynab turgan sut yoki suv quyib bir xil aralashma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. 
    Shundan so‘ng ingichka naycha usulida qolgan sut quyilib aralashtiriladi va
    qaynatiladi. Kakaoni stakan yoki kofe idishida tarqatiladi. Kakao ko‘pirtirilgan 
    qaymoq bilan ham tarqatish mumkin.

    Shokolad. Shokolad kakaoga o‘xshash tayyorlanadi va tarqatiladi. Agar
    shokolad plitka ko‘rinishida keltirilsa, avval maydalab olinadi. 



    Download 219,59 Kb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




    Download 219,59 Kb.