• Kolbasali buterbrod.
  • Sariyog’li, shokoladli, meva yog’i yoki margarinli buterbrod




    Download 219,59 Kb.
    bet39/53
    Sana01.02.2024
    Hajmi219,59 Kb.
    #149983
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
    Bog'liq
    Pazandachilik asoslari-fayllar.org

    Sariyog’li, shokoladli, meva yog’i yoki margarinli buterbrod. Sariyog‘ va
    yog‘ turlari kesilgan nonni berkitadigan darajada yupqa kesilib, nonga qo‘yib 
    tarqatiladi.

    Pishloqli buterbrod. Ishlovdan o‘tgan pishloq qalinligi 2-3 mm qilib non usti
    yopiladigan miqdorda kesilib tayyorlanadi. Tayyorlangan non ustiga sariyog‘ yoki 
    margarin yupqa surtilib, ustiga tayyorlangan pishloq qo‘yib beriladi. Pishloq non
    yuzasini to‘liq qoplashi kerak. 


    Kolbasali buterbrod. Kolbasa qalinlari ko‘ndalangiga bir bo‘lak hisobida,
    ingichkalari burchak ostida 2 yoki 3 bo‘lakdan qilib kesib tayyorlanadi. Nonga 
    sariyog‘ yoki margarin surtilib ,ustiga kolbasa qo‘yib beriladi.

    Murakkab buterbrodlar (assorti yoki markazcha). Ta‘mi va rangi o‘zaro
    uyushadigan va xushxo‘rligini oshiradigan bir necha xil mahsulotlardan 
    tayyorlanadi. Kesilgan go‘sht mahsulotlari, dudlangan mahsulotlar, va boshqa
    mahsulotlarni yupqa kesib, konus shaklida o‘ralib, ichiga salat yoki mayonez 
    sardagi yoki ko‘k no‘xat, pishirib chopilgan tuxum solib tayyorlanadi. Ularni
    bezashda yangi pomidor, bodring, qizil qalampir, rediska, sabzi, pishirib chopilgan 
    tuxum, ko‘kat va boshqa mahsulotlar ishlatiladi. Bezash oxirida yumshatilgan
    sariyog‘, har xil mahsulotli yog‘ bilan qandolatchilik qopchig‘idan foydalanib 
    nozik bezak beriladi.


    63



    Ichimlikiar 
    Umumiy ovqatlanish korxonalarida sovuq va issiq ichimliklar tayyorlanadi.
    Choy, kakao, kofe chanqov bosuvchi ichimliklar hisoblanadi. Ular tarkibidagi 
    mahsulotlar kishi yurak faoliyatini yaxshilaydi, taom hazm bo‘lishini
    osonlashtiradi, charchoqni qoldiradi. Kofe va kakao esa yuqori ozuqaviy 
    axamiyatga ega hisoblanadi. Sovuq ichimliklarga sut, qatiq mahsulotlari, sutli
    ichimliklar, turli rezavor meva sharbat va ichimliklari kiradi. Pishirilgan sut sovuq 
    va issiq holda berilishi mumkin. Sterilizatsiya qilingan shishadagi sutlar avval
    issiq ishlov berilmagan holda tarqatiladi. Issiq ichimliklarning harorat darajasi 
    75°C dan past bo‘lmasligi, sovuq holdagisi esa 14°C dan yuqori 7°C dan past
    bo‘lmasligi kerak. Ba‘zi sovuq ic‘himliklarga ozuqaviy muz bo‘lakchalari solib 
    ham beriladi. Choy, kofe, kakaolar uzoq vaqt saqlanishi natijasida xushxo‘rligini
    yo‘qotadi, ularga tashqi hid o‘tirishib qoladi. Shu sababdan ularni quruq xonalarda, 
    qopqog‘i mahkam yopiladigan idishlarda, o‘zidan hid chiqaruvchi ziravor va
    mahsulotlardan alohida holda, agar idishi ochilgan bo‘lsa, maxsus qopqog‘i 
    yopiluvchi idishga bo‘shatib saqlash lozim. Aks holda ularning xushxo‘rligi,
    ozuqaliligiga putur yetadi. Bundan tashqari kofe, kakao qaynatilganda va uzoq 
    vaqt saqlanganda ularning xushxo‘r ta‘mi buziladi. Bunday ichimliklarni talabga
    binoan, zarur miqdorda qaynatmay, uzoq vaqt qizdirilmay, qayta isitilmay 
    tayyorlash lozim.

    Choy
    Choydan chanqovni qoldiruvchi, tetiklashtiruvchi ichimlik Respublikamizda 
    Hindiston, Seylon va boshqa zamonav, choylarga bo‘lgan tarkibidagi kofein odam
    tanasidagi nerv sistemasini tinchlantiradi. Metall choynaklarda, kastryulka, 
    qozonlarda choy damlash mumkin emas. Metall ta‘sirida choyning mazasi
    buziladi, rangi o‘zgaradi. 



    Download 219,59 Kb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




    Download 219,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sariyog’li, shokoladli, meva yog’i yoki margarinli buterbrod

    Download 219,59 Kb.