60
Yopilgan sof quymoq. Quymoq mahsulotlari ko‘pirarli darajada
aralashtirilib, yog‘langan chuqur temir tovaga quyiladi va qovurish shkafiga
qo‘yib, quyuqlashib yuzida qobiq hosil bo‘lguncha ushlanadi. Bunday usulda
miqdori ko‘proq quymoq tayyorlanadi. Aslida quymoq bir porsiya hisobida
tayyorlanadigan bo‘lsa, porsiyali tovada tayyorlanadi. Iste‘molga tayyor quymoq
biroz sovitilib to‘rtburchak, uchburchak shaklida kesiladi va likobchaga solib
chuqur temir tovada qovuriladi va ustidan quymoqlarni yopiq buterbrod
tayyorlashda va tiniq qaynatmalar uchun ishlatiladi. Aralash yopilgan quymoq
tayyorlashda qovurilgan kartoshka, dimlab pishi-rilgan sabzi yoki karam, donador
guruch bo‘tqasi, go‘sht, go‘sht mahsulotlaridan iborat turli xil garnirlar ishlatiladi.